O‘rmondan xabar
“Oy shu’lasi ostida
Qor parchasi yaltirar,
Daraxtlarning novdasi
Izg‘irindan qaltirar.
Quyonvoy-chi uyida
Sabzi bilan ovora.
Qorni ochib bo‘rivoy
Kasal bo‘ldi bechora.
Qirolimiz janob sher
Sayr qilmoqda o‘rmonda.
Olmaxon tashqariga
Chiqolmasdan armonda.
Qish kunlari bizlarda
Hayot shunday o‘tadi.
Kunlar quvib bir-birin
Bahor tomon eltadi...”
Fazilatxon TURSUNOVA,
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar
7-maktab 9-sinf