Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qorga aytar so‘zlarim

Qish bag‘rida o‘zgacha olam,

Izg‘irin ham qaynoq mehrli.

Mo‘jizaviy osmon ostida,

Qor yog‘moqda biram sehrli!

 

Shodlik hissin tuydim sen bilan,

Izg‘irinlar barchasi bekor.

Yiroqlashib ketmagin yerdan,

Samolarga qilma intizor.

 

Har bir dilga hadya et sevinch,

O‘zing kabi bo‘lsin beg‘ubor.

Ko‘ngil to‘lsin baxtli onlarga,

Yog‘avergin, shodon oppoq qor.

 

Mardona ZOKIROVA,

Angren Axborot texnologiyalari va sanoati kasb-hunar kolleji o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.