Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ertalabki nonushta payti. Dasturxon ustida barcha noz-ne’matlar yig‘ilishdi. Yegulik orasida qaymoq, asal, shakar va non bor edi. Ular o‘zaro bahslashar edilar.

Qaymoq kerilib gap boshladi:

– Sizlarga bu yerda nima bor? Menday oppoq, mazali, yoqimli qaymoq turganda, odamlar sizlarni yeyisharmidi?

Bu gap asalga yoqmadi:

– Hay, hay Qaymoqjon! Oppoqqina bo‘lganing bilan shirin va mazalilikda mendan ancha ortda qolasan. Men hamma mazza qilib yeydigan xushbo‘y, foydali Asalman! Sen menchalik shirin emassan.

Shu kabi barcha yeguliklar o‘z sifatlarini aytib birin-ketin, to‘xtamasdan maqtanib ketishdi. Dasturxonning bir chetidan esa endigina tandirdan uzilgan, ikki yuzi qizargan shirmoy non joy olgandi. Unga hech kim gap bermas, e’tibor ham qaratmasdi.

Shunda oila a’zolari xontaxta atrofiga yig‘ilishdi. Ular birinchi bo‘lib o‘sha jimgina o‘tirgan kamtarin nonga qo‘l uzatishdi... Chunki, barcha ne’matlar non bilan shirin edi-da!

Hikmat:

Non – aziz ne’mat.

Kamtarlik yaxshi odat,

Keltirar baxt-saodat.

 

Doniyor RAYIMQULOV,

Toshkent shahar Chilonzor tumani

173-maktab o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.