Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yulduz

Ko‘zlarimday yaltirar

Ko‘kda cheksiz yulduzlar.

Moviy qasr qizlari

Menga ertaklar so‘zlar.

 

Yulduzlar uchar gohi,

Quvlashib, qochib halak.

Men-chi yerda, bu chog‘da

Tilayman bitta tilak.

 

Ortimizda qolar iz

Yonib tursin, o‘chmasin.

Har kimning baxt yulduzi

Peshonadan uchmasin!

 

Shahrizoda UMAROVA,

Samarqand viloyati Payariq tumani

68-maktab 6-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.