Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Muzeylar olami” krossvordi

000

 

Bo‘yiga:

  1. 1. Tosh asrining eng qadimgi davri.
  2. 2. O‘tmishni o‘rganuvchi fan.
  3. 3. Gavdaning ko‘krakdan yuqori qismi tasvirlangan haykal.
  4. 4. Qadimda qimmatbaho metallardan zarb etilgan pul.
  5. 5. O‘tmish transporti.
  6. 12. Madriddagi mashhur badiiy muzey.
  7. 13. Atoqli o‘zbek adibining Toshkentdagi uy-muzeyi.
  8. 16. Eski hujjatlar, grafik yodgorliklar saqlanadigan muassasa.
  9. 17. Sankt-Peterburgdagi badiiy va madaniy-tarixiy davlat muzeyi.
  10. 20. “Ochiq osmon ostidagi muzey” ta’rifini olgan shahar.
  11. 21. Qadimiy hisoblash asbobi.
  12. 23. O‘tmishda foydalanilgan yozuv taxtasi.
  13. 29. Amir Temur hukmdorligi davrida amalda bo‘lgan pul birligi.
  14. 30. Ehromlar mamlakati.

 

Diagonal bo‘yicha:

  1. 1. Kashtachilik buyumi, uy jihozi.
  2. 2. Chaqaloq yotog‘i.
  3. 10. Respublikamizda ilk o‘lkashunoslik muzeyi tashkil etilgan shahar.
  4. 14. Yer sharining biror qismidagi mavjud bo‘lgan o‘simliklar majmui.
  5. 15. O‘tkir uchli qurol.

 

“Zanjir” holida:

  1. 6. Tanga pullar tarixini o‘rganuvchi fan.
  2. 7. Buxorodagi tarixiy muzey.
  3. 8. Dehqonlarning ko‘hna mehnat quroli.
  4. 24. Nyu-Yorkdagi AQSHning eng yirik san’at muzeyi nomidan: “... – muzey”.
  5. 25. O‘yib yoki bo‘yoq bilan ishlangan bezak.
  6. 26. Qadimiy yoritgich.
  7. 27. Nafis tasviriy san’at.
  8. 28. Samarqandda yodgorlik uy-muzeyi ochilgan yozuvchi, akademik.

 

Eniga:

  1. 9. Farg‘ona vodiysidagi Qadimiy sopol idishlar topilgan maskan.
  2. 11. Podshoh saroyidagi hashamatli o‘rindiq.
  3. 17. Biror yil hisobi tizimi.
  4. 18. O‘qish-o‘rganish bilan erishiladigan ma’lumot.
  5. 19. Mis idish turi.

 

Yoylar bo‘yicha:

20. “Ichan qal’a” tarixiy muzeyi joylashgan viloyat.

22. Yog‘ochdan yasalgan borona.

 

TOPSHIRIQ: Krossvord javoblari orqali quyidagi raqamlar juftini (birinchisi so‘z, ikkinchisi harf tartibini anglatadi) harflar bilan almashtirish orqali topshiriqni hal eting. Bunda ulardan O‘zbekistonda muzeylar faoliyatini yorituvshi davriy nashr nomini bilib olasiz.

17/3,20/2,6/5,2/4,13/2,12/4,22/4,28/3.9/3,7/1,29/1,8/5.

 

Tuzuvchi: Foziljon ORIPOV

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.