Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2018-yil 5-son

  • Notinch mamlakatlarda

    Tezkor tarmoqlardan

    Xorij xabarin berar.

    Notinch mamlakatlardan

    Noxush daraklar kelar.

    Ko‘rdim vayron shaharda

    Urushning oqibatin,

    Boshiga o‘q yog‘ilgan

    Odamlarning qismatin.

    Beg‘ubor bolalarning

    Ko‘zida mung, yig‘lar zor,

    Begunoh odamlar zir

    Yugurar chekib ozor.

    Mayib-majruh kishilar

    Har

    ...
  • Xotiralar yaqin kelganda

    Ertalab marshrut taksida ishga kelayotib bir-birlarini 9-May bayrami bilan qutlayotgan ikki keksa kishining suhbatiga guvoh bo‘ldim:

    – Assalomu alaykum, onaxon, – dedi taxminan oltmish yoshni qoralagan qo‘lida katta qora papkasi bor (ko‘rinishidan oliygohda dars bersa kerak, deb o‘yladim) kishi. Onaxon alik olib so‘rashdi.

    – Siz – oyoqda yurgan tarixsiz. Umringiz uzoq bo‘lsin,

    ...
  • Armonsiz umr

    Mustaqillik e’lon qilingan kunning ertasiga Safar Barno bilan uchrashib qoldik. Kechasi bilan uxlamaganligi ko‘zlaridan bilinib turardi.

    – Eshitdingizmi, shoir? – dedi u yuzlari kulib.

    Men unga quchoq ochib “Hurlik muborak!” dedim. Bir-birimizni samimiy qutladik. U she’r o‘qiy ketdi.

    Ha, tun bo‘yi she’r yozib chiqqan ekan. She’rlari shu kuniyoq O‘zbekiston radiosining

    ...
  • Gul va tuvak

    Deraza tokchasida tuvakka ekilgan pion guli turar edi. Pion ochilgan gullari bilan shu xonadonga yanada fayz baxsh etardi. Vaqt o‘tib gulning tomirlari tuvakda qisilib, yaxshi o‘smay qolibdi.

    Bir kun tuvak pion guliga qarab: “Sen bir kun ham mensiz yashay olmaysan. Shuning uchun ham mendan bir umr qarzdorsan, doimo xizmatimni qilishing kerak. Sening gullab yashnashingni asosiy

    ...
  • Beshta arra

    Tursunboy ADASHBOYEV

     

    Raqamlarning yordamida to‘rtta amal,

    Daftaringda yozilganday KARRA bo‘lar.

    Tegirmonda don-dunlarni tortib ko‘rsang,

    Maydalanib un bo‘lar, ZARRA bo‘lar.

    Kim o‘zarga poyga qo‘ysak manzil so‘nggi,

    Chavandozni aniqlovchi MARRA bo‘lar.

    Sabzavotning nomlari ham

    ...
  • Bolalik

    Abdurahmon AKBAR

     

    Bolalikda hamma shod,

    Bolalikda hamma sho‘x.

    Bolalikda hamma sog‘,

    Bolalikda kasal yo‘q.

    O‘g‘ilmidir, qizmidir,

    Bolalikda hamma bir.

    Dunyo degani – ko‘cha,

    Tog‘larga o‘xshar adir.

    Onang – oy, otang – quyosh,

    Akang, opang –

    ...
  • Shamolvoyning sayohati

    Olqor DAMIN

     

    Shamolvoy bir kun

    Tog‘larga bordi.

    O‘h-ho‘, hamma yoq

    Yashnab yotardi!

    Ana, lolazor –

    Bir to‘p qizbola!

    Shovullab, pastga

    Chopar shalola.

    So‘ngra tog‘lardan

    Tushdi pastroqqa.

    Duch keldi bunda

    Ko‘m-ko‘k o‘tloqqa.

    Uchib

    ...
  • Oftob

    Umarali QURBONOV

     

    Nuroniy bir bobom bor,

    Boqishlari xo‘p ajib.

    Erkalatar olamni –

    Yuzlaridan nur sochib.

    Sharqdan g‘arbga hassasiz

    Mag‘rur yurib o‘tadi.

    Shahar, dala, bog‘larga

    Olov mehrin tutadi.

    Kechki payt ufqqa

    Asta qo‘yar

    ...
  • Gulxanjonning chin do‘sti

    – Gulxanjon, do‘stlaring ko‘p bo‘lsa kerak-a, – so‘radim tahririyatga kelgan xatlarni berilib o‘qiyotgan Gulxanjonga havas bilan qarab.

    – Albatta, respublikamizdagi barcha muxlis bolalar mening do‘stlarim, – g‘ururlandi Gulxanjon.

    – Yaxshi, lekin uzoq yillar yelkadosh bo‘lgan qadrdonlaring orasida, demoqchi edim.

    – Ular ham anchagina. Masalan, Siz, – jilmaydi

    ...
  • Hayotbaxsh hodisa

    Bahor kelib kunlar isibdi, tuproqqa urug‘lar qadalibdi. Quyosh taftini his qilgan tuproq darhol vazifasini ado etmoqqa shaylanibdi. Bag‘riga bosgan urug‘larga ko‘kdan ingan farmonni yetkazibdi. Urug‘lar kuch to‘plab, qobiqlarini yoribdilar. Hayot boshlanibdi. Endi ularni hech nima to‘xtatib qololmabdi. Shafqatli ona tuproq bag‘ridan yer yuziga chiqishibdi. Ildizlari tug‘ilgan makonlarida

    ...
  • O‘zbekning ilk darvozaboni

    O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor SA’DIYEV 1946-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Davlat mukofoti va “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. Teatr, kino sahnasida ko‘plab ajoyib rollar ijro etgan, yuzlab obrazlarga mahorat bilan ovoz bergan taniqli san’atkor. Uning xoh ijobiy, xoh salbiy ijro etgan rollari bo‘lsin, tomoshabin

    ...
  • Ijod zavqi

    Ko‘kka yetgan minoralarning peshtoqlari ganj, ustunlari naqshinkor. Katta-kichik laganlar bejirim naqshlar bilan bezatilgan, miniatyuralar aks ettirilgan... Bu tasvirlar asrlar davomida meros bo‘lib kelayotgan xalq amaliy san’atining ajralmas qismi – hunarmandchilik namunalarini yodingizga solgan bo‘lsa ajab emas. Maktabdagi darslardan, qo‘shimcha mashg‘ulotlardan ortib hunarmandchilik

    ...
  • Birovning she’ri

    Darsga qo‘ng‘iroq chalindi. O‘qituvchi hali sinfga kirmagani uchun g‘ala-g‘ovur avjida, hamma o‘z ishi bilan band. Shu payt Madina xonaga shoshib kirdi-da:

    – Suyunchi! Men tumandagi yosh qalamkashlar tanlovida qatnasharkanman! – dedi hayajonli, baland ovozda.

    – O‘, zo‘r-ku, tabriklaymiz...

    – Ofarin...

    – O‘zi allaqachon borishing kerak edi...

    – Albatta,

    ...
  • Yomg‘ir

    Osmon moviy ko‘ylagin

    Bugun yechib tashladi.

    Marvariddek tomchilar,

    Yerga tusha boshladi.

    Osmonning ko‘z yoshini

    Shamol artib qo‘yadi.

    Yig‘loqi bulutlarni

    Endi kim ham suyadi.

    Yomg‘ir sira unutmas

    Bu baxtiyor onlarni.

    Dov-daraxtlar olqishlar

    Marvarid

    ...
  • Do‘ppi

    Bayramga xos libos bo‘lib bormoqda,

    Faqat kiyiladi tantana uchun.

    Rasmiylik talabdir barcha tarmoqda

    Milliylikni talab qilmaymiz, nechun?

    O‘zlikning timsoli, iftixorimiz,

    Har bitta naqshining sharhin bilaylik.

    Boshlarga ko‘tarib nomus-orimiz,

    Do‘ppi kiyib har kun bayram qilaylik.

     

    Otabek

    ...
  • Onam mehri

    Quyoshdan oldin turib,

    Bizga non yopgan onam.

    Bor mehrini dilimga,

    Kaftida tutgan onam.

    Onam mehri beqiyos,

    Ta’rifiga tilim lol.

    Onajonim kulsalar

    Labidan to‘kilar bol.

    Menga oltin, kumushmas,

    Faqat onam bo‘lsa bas.

    Hatto ko‘kda oy, yulduz

    Bizga qiladi

    ...
  • Vatan mehri

    Oppoq tonglar, beg‘ubor tonglar,

    Nurafshondir bunchalar olam.

    Vatan ishqi, vatanning mehri

    Ezgulikka chorlaydi har dam.

    Tengi yo‘qdir mening Vatanim,

    Jannat undan olgan andoza.

    Tuprog‘ida oltin gullaydi,

    Suvi tiniq, havosi toza.

     

    Orzigul G‘ANIYEVA,

    Buxoro viloyati G‘ijduvon

    ...
  • Bolaligim

    Orzular qanot yozib,

    Oq tulporga aylangan.

    Murg‘ak jajji qalbimga

    Zo‘r ishtiyoq joylangan.

    Tokchamizda jilmayib,

    Qo‘g‘irchog‘im qaraydi.

    Bo‘yim o‘sib kundan-kun

    Katta hayot chorlaydi.

     

    Farangiz ALLAZAROVA,

    Toshkent viloyati Angren shahar

    45-maktab 5-sinf

  • Kapalaklar

    Farishta misoli oppoq nastarin,

    Ko‘nglida g‘ubor yo‘q, niyati tayin,

    Hech kimni ranjitmas ko‘ylagi mayin,

    Beg‘ubor kapalaklar...

    Niyati gullarga burkash dunyoni,

    U sevar quyoshni, nurni, ziyoni,

    Bir kun yashasa-da gullar oshyoni,

    Bearmon kapalaklar...

     

    Serobxon

    ...
  • Oppoq orzularim

    Oppoq orzularim bulutdan yuksak,

    Eng go‘zal xayollar meniki bari.

    Pokiza tuyg‘ular jodir qalbimda

    Qahratonda kulgan lola singari.

    Men seni intiqib kutaman iqbol

    Sof nurga chulg‘angan toza tilak-la.

    Ko‘nglimga bir ilinj beradi taskin

    Kecha o‘tdi, erta hayot oldinda.

     

    O‘g‘iloy

    ...
  • Maktabim

    Maktabim bog‘i gulzor,

    Boqsam go‘zal maftunkor.

    Bilimga chanqoq dillar

    Bag‘rida ta’lim olar.

    Men ham go‘zal bog‘chamning

    Kichkina g‘unchasiman.

    Kelajakka intilgan

    Mitti yulduzchasiman.

     

    Sayyora MIRZARAHMATOVA,

    Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani

    23-maktab 4-sinf

  • Yurtim bahodirlari

    Yurtimning alpqomat bahodirlari

    Siz borsiz, sarhadlar tinch va mustahkam.

    Bolalar kulgusi yangrar har uyda,

    Chegarada siz bor – ko‘ngil xotirjam.

    Onalar duosi qo‘llaydi sizni,

    Aslo egilmasin mag‘rur qaddingiz.

    Vatan uchun doim ko‘ksingiz qalqon,

    Sharafga munosib sadoqatingiz.

     

    Sojida

    ...
  • Dangasa

    Qo‘shni xola egatga

    Noliydi ekib ekin.

    – Nechun o‘g‘lim har ishni

    Qilasan juda sekin?

    O‘yinga xo‘p chaqqon-u,

    Ishni yomon ko‘radi.

    Shuning uchun oyisi

    Tanbeh berib turadi.

     

    Parizoda RO‘ZIBOYEVA,

    Qo‘qon Pedagogika kolleji o‘quvchisi

  • Shuningdek... (2018-yil 5-son)

    Shuningdek, sahifamizga Qashqadaryo viloyati Koson tumani 2-maktab 6-sinf o‘quvchisi

    Marjona Rustamova, Shahrisabz shahridagi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining 6-sinf o‘quvchilari Ibrohim To‘rayev, Alibek Karimov, Zilola Jo‘raqulova, Shahboz Sayfullayevlar, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani 35-maktab 7-sinf o‘quvchisi

    ...
  • Akademik shoir uy-muzeyida

    Muqaddam ona tili va adabiyot fanini yaxshi ko‘radi. Ayniqsa, erkin insho, bayon yozish, she’rni ifodali o‘qish uning sevimli mashg‘uloti. Mana, qo‘ng‘iroq chalindi, dars boshlandi. Adabiyot muallimi Laylo opa Rahimova 9-may – Xotira va qadrlash kuni yaqinlashib kelayotganini hamda 10-may kuni atoqli adib G‘afur G‘ulomning 115 yillik yubileyi ekanini e’lon qilgach, – bugungi darsimiz G‘afur

    ...
  • She'rni qanday tez yodlash mumkin?

    Adabiyot fanidan tez-tez she’r yodlash vazifasi beriladi. Xo‘sh, she’rlarni oson yodlaysizmi? She’rni eslab qolish va ifodali qilib aytib berish hamma uchun ham oson emas. Xotira quvvati har xil. Ammo, bu muammoning yechimi bor. Quyidagi usullar bir qarashda qiyin, ko‘p bilim talab qiladigandek ko‘rinishi mumkin. Lekin ularga amal qilib, bosqichma-bosqich mahoratingizni oshirib borsangiz,

    ...
  • Asalari Maya O‘zbekistonda

    O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Toshkentdagi Gyote instituti bilan hamkorlikda “Asalari Maya sarguzashtlari” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda maktab o‘quvchilari, Gyote instituti talabalari, ijodkorlar ishtirok etishdi.

    000

    Nemis yozuvchisi Valdemar Bonselsning

    ...
  • Tasvirlarga rang bergan orzu

    San’atni sevadigan bolalarning didi o‘tkir, qalbi nozik bo‘ladi. Buni ular yaratgan go‘zal tasvirlar, nafis chizgilar orqali ko‘rish mumkin. Barmoqlar tutgan mo‘yqalam tasavvur kashfiyotlarini ifodalasa, amaliy san’at ishlari mahoratli qo‘llar sehridan nishona. Yaqindagina Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi, qator vazirlik va

    ...
  • Sayroqi qush

    Archali soyda soyning guvillashi, tonggi qushlarning nag‘masi avjga chiqadi.

    Ota-bola Zarcho‘yan cho‘qqisi yonbag‘ridagi Zarcho‘yan bulog‘ining shundoq tepasida ming yoshli archa ostida bobolardan qolgan manzil – supada kecha kun bo‘yi yo‘l yurib kelishgani uchunmi, charchab uxlab yotishibdi. Ustlarida issiq choyshab. Ana, o‘g‘il uyg‘onganday bo‘ldi, yotgancha qo‘llarini keng yozib

    ...
  • Kitob bayrami

    Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 13-maktabda “Kitob insonni ezgulikka yetaklaydi” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Unda “Gulxan” jurnali xodimlari va o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etdi. Adabiy kechada o‘quvchilar inson hayoti davomida kitobning o‘rni nechog‘liq ahamiyatga ega ekani haqidagi tushuncha va taassurotlarini mahorat bilan namoyish etdilar. Ayniqsa,

    ...
  • Изучаем русский язык (2018-yil 5-son)

    УМЕЛЫЙ ДРУГ

     Владимир СТЕПАНОВ

     

    Услыхал Медвежонок, как Дятел по дереву стучит, взял молоток и принялся в пень заколачивать: тук да тук!

    – Эх ты, – сказал Дятел. – Стучать-то с пользой надо. Я вот, например, деревья

    ...
  • English time

    Hello, my dear friends! We received a lot of letters that you sent for the competition of “Young translator”. Abdullayeva Nilufar, Kurbanaliyeva Dinora from Fergana region, Murodova Munisa, Sa’dullayev Dilshod from Bukhara region, Yuldasheva E’zoza from Kashkadarya region, Mirzakarimov Islombek, Khudayberganova Durdona from Tashkent region sent letters. Dear children, our competition is

    ...
  • Sayohatchi

    Viktor GOLYAVKIN

     

    Men irodamni mustahkamlash uchun Antarktidaga borishga qat’iy qaror qildim. Hamma: onam ham, ustozim ham, hatto Vovka ham irodang bo‘sh, deyishaveradi. Antarktidada doim qish, yoz bo‘lmaydi. U yerga eng kuchlilar borishadi. Shunday deb Vovkaning dadasi aytgan. U kishi ham o‘sha yerga ikki

    ...
  • Maqsadimga yetaman

    Sog‘lom, kuchli bo‘lmoq-chun,

    Shijoatga to‘lmoq-chun,

    Maydonda yuguraman,

    Har ishga ulguraman.

    O‘smoq uchun barkamol,

    “Kundalik”da rejam bor.

    Kitoblar menga o‘rtoq,

    Har kun o‘qiyman ko‘proq.

    Darslarni ham qo‘ymayman,

    Tanaffusda o‘ynayman.

    Tutib o‘zimni bardam

    Maktabda ham, uyda ham.

    Gapda emas

    ...
  • “Topishmoqmi yo tez aytish”

    Bir-biridan qiziq ertak, hikoyalari, she’r va xandalari bilan sizga tanish bo‘lgan opangiz – Muhabbat HAMIDOVAning yaqindagina “O‘zbekiston” NMIUda “Topishmoqmi yo tez aytish” to‘plami nashrdan chiqdi.

    000

    Topqirligingiz va so‘z

    ...
  • Men onamga yordamchi

    000

     

    Rassom: U. Sulaymonov

    G‘oya muallifi: Z. Hasanova

  • “Muzeylar olami” krossvordi

    000

     

    Bo‘yiga:

    1. 1. Tosh asrining eng qadimgi davri.
    2. 2. O‘tmishni o‘rganuvchi fan.
    3. 3. Gavdaning ko‘krakdan yuqori qismi tasvirlangan haykal.
    4. 4. Qadimda qimmatbaho metallardan zarb etilgan
    ...
  • Javoblaringizni tekshiring

    “Mustaqil diyor posbonlari” krossvordi (jurnalning yanvar soniga qarang)

    Shaklda belgilangan xonadan raqam atrofiga soat mili yo‘nalishida:

    1. 1.Armiya.
    2. 2. Bayroq.
    3. 3. Roziqov.
    4. 4.
    ...
  • Onlayn muloqot

    Qozog‘istonda 2018-yil “O‘zbekiston yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi va Qozog‘iston Respublikasi Oqto‘be viloyat kutubxonasi bilan hamkorlikda Respublika bolalar kutubxonasida yosh kitobxonlar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. U yerda ilk bor onlayn tarzida tashkil etilgan muloqot “Bilimni kitob orqali olamiz” mavzusida bo‘ldi. Tadbirda o‘zbek va qozoq

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.