Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Do‘ppi

Bayramga xos libos bo‘lib bormoqda,

Faqat kiyiladi tantana uchun.

Rasmiylik talabdir barcha tarmoqda

Milliylikni talab qilmaymiz, nechun?

O‘zlikning timsoli, iftixorimiz,

Har bitta naqshining sharhin bilaylik.

Boshlarga ko‘tarib nomus-orimiz,

Do‘ppi kiyib har kun bayram qilaylik.

 

Otabek BAKIROV,

Toshkent viloyati Angren shahar

27-maktab 10-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.