Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yomg‘ir

Osmon moviy ko‘ylagin

Bugun yechib tashladi.

Marvariddek tomchilar,

Yerga tusha boshladi.

Osmonning ko‘z yoshini

Shamol artib qo‘yadi.

Yig‘loqi bulutlarni

Endi kim ham suyadi.

Yomg‘ir sira unutmas

Bu baxtiyor onlarni.

Dov-daraxtlar olqishlar

Marvarid mehmonlarni.

 

Maftuna NOSIROVA,

Farg‘ona viloyati Beshariq tumani

21-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.