Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Onam mehri

Quyoshdan oldin turib,

Bizga non yopgan onam.

Bor mehrini dilimga,

Kaftida tutgan onam.

Onam mehri beqiyos,

Ta’rifiga tilim lol.

Onajonim kulsalar

Labidan to‘kilar bol.

Menga oltin, kumushmas,

Faqat onam bo‘lsa bas.

Hatto ko‘kda oy, yulduz

Bizga qiladi havas.

 

Boirjon ILYOSOV,

Toshkent shahar Yashnobod tumani

204-maktab 4-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.