Oftob
Umarali QURBONOV
Nuroniy bir bobom bor,
Boqishlari xo‘p ajib.
Erkalatar olamni –
Yuzlaridan nur sochib.
Sharqdan g‘arbga hassasiz
Mag‘rur yurib o‘tadi.
Shahar, dala, bog‘larga
Olov mehrin tutadi.
Kechki payt ufqqa
Asta qo‘yar boshini.
Rostim, aniq bilmayman,
Bu bobomning yoshini.