Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Oppoq orzularim

Oppoq orzularim bulutdan yuksak,

Eng go‘zal xayollar meniki bari.

Pokiza tuyg‘ular jodir qalbimda

Qahratonda kulgan lola singari.

Men seni intiqib kutaman iqbol

Sof nurga chulg‘angan toza tilak-la.

Ko‘nglimga bir ilinj beradi taskin

Kecha o‘tdi, erta hayot oldinda.

 

O‘g‘iloy ERGASHEVA,

Jizzax viloyati Ko‘zi ojizlar

maktab-internati 10-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.