Kapalaklar
Farishta misoli oppoq nastarin,
Ko‘nglida g‘ubor yo‘q, niyati tayin,
Hech kimni ranjitmas ko‘ylagi mayin,
Beg‘ubor kapalaklar...
Niyati gullarga burkash dunyoni,
U sevar quyoshni, nurni, ziyoni,
Bir kun yashasa-da gullar oshyoni,
Bearmon kapalaklar...
Serobxon SA’DULLAYEV,
Qashqadaryo viloyati Kitob Agroserviz xizmat
ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi