Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Maqsadimga yetaman

Sog‘lom, kuchli bo‘lmoq-chun,

Shijoatga to‘lmoq-chun,

Maydonda yuguraman,

Har ishga ulguraman.

O‘smoq uchun barkamol,

“Kundalik”da rejam bor.

Kitoblar menga o‘rtoq,

Har kun o‘qiyman ko‘proq.

Darslarni ham qo‘ymayman,

Tanaffusda o‘ynayman.

Tutib o‘zimni bardam

Maktabda ham, uyda ham.

Gapda emas maydonda,

Adolatli tomonda.

Oldinga intilaman,

Maqsadimga yetaman.

 

 

O‘zbek mashinasi bu

 

Dunyoga bo‘ldi mashhur

O‘zbegim mashinasi.

Biri-biridan ko‘rkam,

Yurtimning xazinasi.

Spark, Lacetti, Cobalt

Savlat to‘kib turishar.

Ko‘chalarni to‘ldirib

Silliq, mag‘rur yurishar.

O‘zib ketar ulardan,

Captiva va Malibu.

Ey, do‘stlar, bilib qo‘ying,

O‘zbek mashinasi bu!

 

Ilyosbek DAMINOV,

Toshkent shahar 294-maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.