- Rukn: Sheʼrlar
- 1916 marta ko‘rilgan
Beshta arra
Tursunboy ADASHBOYEV
Raqamlarning yordamida to‘rtta amal,
Daftaringda yozilganday KARRA bo‘lar.
Tegirmonda don-dunlarni tortib ko‘rsang,
Maydalanib un bo‘lar, ZARRA bo‘lar.
Kim o‘zarga poyga qo‘ysak manzil so‘nggi,
Chavandozni aniqlovchi MARRA bo‘lar.
Sabzavotning nomlari ham turfa xildir,
Bodringning jaydarisi TARRA bo‘lar.
Talay so‘zning ma’nosini anglab yetding,
Mirshab tutgan tayoq esa DARRA bo‘lar.
Bu so‘zlardan bosh harfini olib qo‘ysak,
Duradgorga birmas, beshta ARRA bo‘lar.