Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Asalari Maya O‘zbekistonda

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Toshkentdagi Gyote instituti bilan hamkorlikda “Asalari Maya sarguzashtlari” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda maktab o‘quvchilari, Gyote instituti talabalari, ijodkorlar ishtirok etishdi.

000

Nemis yozuvchisi Valdemar Bonselsning “Asalari Maya sarguzashtlari” kitobi ilk marta 1912-yilda nashr etilgan va juda mashhur bo‘lib ketgan. Shundan buyon dunyoning 40 dan ortiq mamlakatida yashovchi millionlab bolalar o‘z ona tillarida Maya bilan do‘stlashib olishgan. Endi o‘zbek kitobxonlari ham uni o‘z tillarida mazza qilib o‘qiydigan bo‘lishdi. Bolalarni jondan yaxshi ko‘radigan tarjimon Mirzaali Akbarov kitobni o‘zbekchaga o‘girdi. Valdemar Bonsels fondi uni nashr qilishga ko‘maklashdi. To‘g‘ri, biz Mayani multfilm orqali juda yaxshi bilamiz. Ana shu animatsion film chiqqaniga ham sal kam yarim asr bo‘ldi. Deyarli butun dunyo bolalarining sevimli multfilmiga aylanib ulgurdi. Shu bois kitobning syujeti, Mayaning biri-biridan qiziq sarguzashtlari haqida gapirib o‘tirmaymiz. Ammo kitob boshqa, film boshqa-da.

 

Matluba AHMEDOVA,

Angren shahar 6-maktab

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.