Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kitob javoningizga

  • Sohibqiron o‘gitlari

    Tarix hamda adabiyot darslari, badiiy asarlar va filmlar orqali buyuk bobokalonimiz Amir Temurning insoniyat oldidagi beqiyos xizmatlari, Vatanimiz tinchligi va ozodligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida ko‘rsatgan jasoratlaridan yaxshi xabardorsiz. Biroq Sohibqirondek ulug‘ zotlar hayoti va faoliyatini o‘rgangan kishi, ularning avlodlarga o‘rnak bo‘lgulik fazilatlari hech bir kitob yoki badiiy

    ...
  • “Xazinalar oroli”ga sayohat

    Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazi kitob javonlarida bugungi kunda asrlar nafasi ufurib turgan bir-biridan qadrli kitoblarni ko‘plab uchratasiz. Ularni ko‘rib chindan hayratlanasiz. O‘zingizni xuddiki xazinalar oroliga tushib qolgandek his qilasiz. Eh-he, bu kitoblar nimalar haqida hikoya qilmaydi, deysiz. Ilmiy tafakkuringizni, dunyoviy bilimingizni oshiribgina qolmay, tarix

    ...
  • Yuvvoshning sarguzashti

    “O‘zbekiston” NMIUda yozuvchi Muhabbat Hamidovaning “Hakka xolaning hangomalari” nomli kitobi bosmadan chiqdi. Hakka xolaning sarguzashlarga boy hangomalarini o‘qigach, qalbingizda ona tabiatga bo‘lgan mehringiz oshadi. Hovlingizdagi, bog‘ingizdagi daraxtlarda shoxdan shoxga sakrab, o‘zlaricha chug‘urlashayotgan turfa qushlarning ham o‘z hayoti borligini, ularga hamisha sizning

    ...
  • Momoning sirli sandig‘i

    – Buvijon, buvijon, anavi ona qo‘yni qarang, – dedi shahardan mehmon bo‘lib kelgan besh yashar Olimjon hovlida o‘tlab yurgan sovliqqa qarab. – Qo‘ychasini ham yetaklab olgan! Bizni tishlab olmaydimi?

    Nevarasining hayrat va ozgina qo‘rquv aralash pinjiga tiqilganini ko‘rgan Nortosh momo miyig‘ida kulib, Olimning sochlarini siladi.

    – Qo‘rqma, bolajonim, qo‘y – yuvosh jonivor,

    ...
  • Tarbiyaning kuchi

    Bolalar, siz yozuvchi To‘lqin Muhiddinning jurnalimizda e’lon qilingan qiziqarli ertak va hikoyalarini o‘qigansiz. Yaqinda Cho‘lpon nashriyotida yozuvchining “O‘g‘il bola gap” nomli to‘plami chop etildi. Quyida ana shu kitobdan joy olgan hikoyalardan biri bilan tanishasiz.

    Karima 5-sinfda o‘qiydi. U sinfdoshlari orasida semizligi bilan ajralib turadi. Biroq bundan sirayam xijolat

    ...
  • Qishda ochilgan gulim

    Men xonaki gullarni yaxshi ko‘raman. Chunki ular qahraton qishda ham chamandek ochilib, ifori bilan dilingga bahor quvonchini soladi. Biroq gulni yaxshi ko‘rganing bilan to‘g‘ri parvarish qilolmasang, ularni ko‘paytirish, gurkiratib o‘stirish mumkin emas ekan. Deraza tokchasida chamandek ochilib turgan yorongulim kutilmaganda so‘lib, gullarini tashlab yubordi. Nima qilishni bilmay qoldim.

    ...
  • “Bayoz” tuhfasi

    Sahifada muqovasi aks etgan “O‘qish kitobi adiblari” to‘plami “Bayoz” nashriyotida chop etilib, keng kitobxonlar ommasiga taqdim qilindi. Kitobni Qo‘qon davlat pedagogika institutining 4-kurs talabasi, Alisher Navoiy stipendiyasi sohibasi Zulfiya To‘ychiyeva nashrga tayyorlagan. Katta mehnat va izlanishlar natijasida yuzaga kelgan ushbu qo‘llanma nafaqat o‘qituvchilar, balki boshlang‘ich sinf

    ...
  • Asalari Maya O‘zbekistonda

    O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Toshkentdagi Gyote instituti bilan hamkorlikda “Asalari Maya sarguzashtlari” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda maktab o‘quvchilari, Gyote instituti talabalari, ijodkorlar ishtirok etishdi.

    000

    Nemis yozuvchisi Valdemar Bonselsning

    ...
  • “Topishmoqmi yo tez aytish”

    Bir-biridan qiziq ertak, hikoyalari, she’r va xandalari bilan sizga tanish bo‘lgan opangiz – Muhabbat HAMIDOVAning yaqindagina “O‘zbekiston” NMIUda “Topishmoqmi yo tez aytish” to‘plami nashrdan chiqdi.

    000

    Topqirligingiz va so‘z

    ...
  • Ohangaronlik kurashchi

    Qurolli Kuchlar faxriysi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Iskandar RAHMONning siz bolalar uchun harbiy-vatanparvarlik mavzusida ko‘plab nazmiy va nasriy asarlari e’lon qilingan. Qator she’rlariga kuy bastalanib, xalqimizning ma’naviy mulkiga aylangan qo‘shiqlar yaratilgan.

    Ijodkorning sahifada muqovasi aks etgan “Olovli yillar yodi” to‘plami

    ...
  • Sichqoncha sarguzashtlari

    Kitobning nomini o‘qib qiziqib qoldingiz-a?! “Sichqonchaning qanday sarguzashtlari bor ekan?” degan savol ham tug‘ildi, to‘g‘rimi? “Sichqoncha sarguzashtlari” – ertak doston bo‘lib, unda tirishqoq sichqonchaning xasta onasining sog‘ayib ketishi yo‘lida amalga oshirgan jonbozliklari hamda boshiga tushgan sinovlarni qanday yenggani qiziqarli tasvirlanadi.

    Bolalar shoiri

    ...
  • Sehrli nimcha

    Bor ekan-da, yo‘q ekan. Dilshodjon degan bolaning sehrli nimchasi bo‘lib, uni kiyib, qanaqa buyruq bersa, bajaraverar ekan.

    Muzqaymoq, xilma-xil shirinliklarni gapirmay qo‘ya qolay, Dilshodjon bularni yeyaverib zerikib, nimchadan kattaroq narsalarni ham so‘raydigan bo‘libdi. Axiyri internet qahvaxonadagi tekin o‘yinlar ham joniga tegibdi.

    – Sendan jon deb qo‘l kompyutermi,

    ...
  • O‘z qadrini bilgan so‘z qadrini bilar

    Xalqimiz asrlar davomida maqol, matal, hikmatli so‘zlar va iboralardan juda katta hayotiy tajriba to‘plagan. Shu tajriba bebaho meros sifatida turli vositalar bilan bizgacha yetib kelgan. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat nashriyotida chop etilgan “Ma’nolar maxzani” kitobi o‘quvchini asrlar osha sayqallanib kelgan so‘z durdonlalari bilan tanishtiradi. Kitobxon bu javohir so‘zlar

    ...
  • Ma’no ummonining javohirlari

    Dadam bergan besh so‘mni olib kitob do‘koniga kirdim. Qarasam, peshtaxtada “Xazoin ul-maoniy” turibdi. To‘rtta kitob, “Xamsa” ham bor. Beshovi bir bog‘lamda. “Chor devon” ham bormi? – so‘radim sotuvchi opadan, kitoblarga pul to‘layotib.

    – O‘g‘lim, qo‘lingizdagi “Xazoin ul-maoniy”ning nomi Sharqda “Chor devon” bo‘lib ketgan. “Chor” degani “to‘rt” degani, esingizdan chiqarmang. Buni har

    ...
  • “O‘zim bunyod qilgan bog‘...”

    Taniqli bolalar shoiri Habib Rahmat “Gulxan” jurnalining 50 yillik qadrdoni. Habib aka siz bolalarni juda yaxshi ko‘radi, o‘zi zavqlangan voqea, mavzularni she’rga soladi-da, jurnalimizga taqdim etadi. “Gulxan” muxlislariga ma’qul bo‘lgan she’rlarni esa to‘plab kitob qiladi.

    Habib Rahmatning 30 ga yaqin kitobi shu tariqa dunyo yuzini

    ...
  • Oltin medallilar

    Siz O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya ijodini yaxshi bilasiz.Uning bir-biridan haroratli, dilbar she’rlarini sevib o‘qigansiz. Qalbingizda ezgulik, go‘zallikka muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otgan otashnafas she’rlar muallifi hayotda qanday inson bo‘lganligini bilishni har biringiz istaysiz, albatta. Unday bo‘lsa uzoq yillar “Saodat” jurnalida Zulfiya opa bilan

    ...
  • Ochko‘zlik oqibati

    Xabaringiz bor, 2019-yil O‘zbekistonda “Qozog‘iston yili” deb e’lon qilingan. “O‘zbekiston” NMIUda chop etilgan “Kenja qiz va ayiq” nomli kitob bu yilda siz uchun chiroyli tuhfa bo‘ldi.

    Barcha ertaklarda bo‘lgani kabi qozoq xalq ertaklarida ham go‘zal insoniy fazilatlar: halollik, to‘g‘rilik, kamtarlik, jasorat madh etiladi.

    Ushbu

    ...
  • Orzuning chegarasi

    Bir necha yildan buyon “Gulxan” sahifalarida Hidoyat OLIMOVAning ertaklarini oʻqib bormoqdasiz. Yaqinda “Akademnashr” nashriyoti adibaning “Bukri shahzoda” deb nomlangan kitobini chop etdi. Kitobga 80 dan ortiq ertaklar jamlangan. Quyida ushbu kitobdan joy olgan ertaklardan birini eʼtiboringizga havola etamiz.

     

    Kunlarning birida yosh tuyaqush kattalarning

    ...
  • “Maʼnolar xazinasi”dan

    BEKOR TURGUNCHA BEKOR ISHLA

    Xalqimiz asrlar davomida yaratgan son-sanoqsiz maqollar orasida mehnatsevarlik mavzuiga oidlari salmoqli oʻrin tutadi. Ularda xalq turli misollar, oʻxshatishlar vositasida mehnatni sevishga daʼvat etadi. Buning boisi shundaki, mehnat – inson hayotining maʼnaviy boyligi, moddiy manbai va salomatlik garovidir. Bunda: “Tek turguncha tekin

    ...
  • “Raqqos yaproqlar”

    Yaqinda tahririyatga koʻzlari quvonchdan porlagan chinozlik yosh ijodkor qizimiz Naima Anvarova kirib keldi. Qoʻlidagi yangi chop etilgan birinchi kitobini koʻrsatib,

    – Suyunchi bering, ustoz, kitobim chiqdi, – dedi. Juda xursand boʻlib ketdim. Kitobchani qoʻlimga olib Naimani tabrikladim. Xuddi oʻzimning kitobim chiqqandek sevindim. Kitob Oʻzbekiston Yozuvchilar

    ...
  • “Nabiramga maktublar” kitobidan

    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, taniqli yozuvchi Erkin Malikov bolalar uchun sermahsul ijod qilib, oʻzbek bolalar adabiyoti rivojiga ulkan hissa qoʻshib kelayotgan zabardast adib. Erkin aka bolalar olamini, ularning ruhiyatini juda yaxshi biladigan bolajon yozuvchi. Hozirda oʻnlab nabiralarning bobosi sifatida ham bolalar dunyosining nozik jihatlarini qalamga olib,

    ...
  • Meni kichik Olim deyishadi

    Ertaklarni, sarguzasht-fantastik asarlarni oʻqishni yaxshi koʻradigan bolalar, eshitmadim demanglar, yozuvchi Otabek QUVVATOVning yaqinda nashrdan chiqqan “Olimjonning sarguzashtlari yoxud zamon va makon oraligʻida” nomli kitobi sizga yaxshi sovgʻa boʻldi. Kitob voqealarini oʻqir ekansiz asar qahramoni Olimjon bilan ajabtovur voqealarni boshingizdan

    ...
  • “Odobli bola” sheʼriy toʻplamidan

    Taniqli shoir Ochil TOHIR keyingi yillarda sermahsul ijod qilmoqda. Uning nafaqat kattalarga, balki siz bolalarga bagʻishlab tayyorlagan bir necha kitoblari chop etilgan. Yaqinda “Sharq” nashriyotida bosmadan chiqqan “Odobli bola” deb nomlangan sheʼriy toʻplami ham aynan sizga atalgan. Sahifamizda ushbu kitobdan joy olgan ajoyib sheʼrlardan birini taqdim etmoqdamiz.

    ...
  • Zamira Ro‘ziyeva sheʼrlari

    Anjir

    Ostim ko‘l-u ustim cho‘l

    Bo‘lmay qolsa ranjirman.

    Bir gullamay ikki bor

    Hosil berar anjirman.

     

    Barglarim katta-katta,

    Yalpoq qushdek bo‘ladi.

    Tog‘orada mevamga

    Yashil to‘shak bo‘ladi.

     

    Tanam qishning sovug‘in

    Suymaydi, sovqotaman.

    Qish kelsa, yer

    ...
  • Beg‘ubor bolalik kuychilari

    Yaqinda chop etilganOymomabog‘ navolarito‘plami qo‘lingizga yetib borishiga ishonamiz. O‘zbekiston xalq artistiShermat Yormatov o‘z vaqtida ushbu kitob bilan tanishib, taqrizchi sifatida quyidagi mulohazalarni yozib bergan ekan. Taniqli kompozitorning “Oymomabog‘ navolari” qo‘shiqlar to‘plamiga  bildirgan fikrlari siz

    ...
  • O‘n barmog‘im – o‘n hunar

    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, ki­chik yoshdagi bola­larning adabiy-badiiy be­zakli respublika jurnali “G‘uncha”ning bosh muharririDilfuza Shomalikovaning yangi kitobi bosmadan chiqdi. “Ensiklopediya” nashriyotida 5000 nusxada chop etilgan “Zag‘izg‘onning arg‘imchog‘i” deb nomlangan ushbu kitobdan  muallifning hikoya, ertak

    ...
  • Bo‘ri

    Qariyapman,

    Ko‘zim asta tinib borar.

    Bilagimdan quvvat ketib,

    So‘nib borar.

    Tushib ketdi bir-bir oziq

    Tishlarim ham.

    Bu kechasi tushlarimga

    Kirdi onam.

    –  Bolam, – dedi, – ahvolingdan

    Xabar topdim.

    Xazonlarni ko‘rpa qilib

    Senga yopdim.

    Yoshligingda o‘rmonlarning

    Zo‘ri

    ...
  • Pingvin

    Olis muzlik o‘lkasida

    Mening go‘sham.

    Guvillagan ummon qumni

    Berar to‘shab.

    Pingvinglarmiz – saf tortganmiz

    Qator-qator.

    Yashayapmiz, muzlik ichra

    Biz baxtiyor.

    Zuryodimiz muzlikda

    Yuz ochgan lola.

    Pingvinlarmiz – tog‘a, jiyan,

    Amma, xola.

    Ozodamiz, oq ko‘ylag-u,

    Qora

    ...
  • Fil

    Oyisiga quloq solmay,

    Bilganidan sira qolmay,

    Izlab o‘rmonning lolasin,

    Chohga tushdi fil bolasi.

    –  Ovchi meni olib ketar,

    Qafasiga solib ketar.

    Keyin sizni ko‘rolmayman,

    Oyijonim, deyolmayman.

    Nogoh qars-qurs sinar daraxt,

    Butun o‘rmon bo‘lmish karaxt.

    O‘zlariga ochgancha yo‘l,

    Chopib kelar bir

    ...
  • Shohrux “ikkichi” emas

    Respublika bolalarining “Tong yulduzi” gazetasi­ bosh mu­harriri, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosiFeruza Adilovani juda yaxshi bilasiz.Yaqinda “O‘zbekiston” nashriyotida uning “Olti dona yong‘oq” deb nomlangan hikoya va ertaklar to‘plami bosmadan chiqdi. Unda bolalar hayotida uchrab turadigan qiziqarli voqealar sodda hamda

    ...
  • Ijodkorning bebaho ne’matlari

    Siz jurnalimiz orqali Zikrilla Ne’mat ijodidan boxabarsiz-a? Sevimli adibingizning she’r va hikoyalarini miriqib o‘qib borarsiz? Ehtimol, ijodkorning kitoblarini ham do‘konlardan xarid qilayotgandirsiz?! Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tgan tadbirda bolalar yozuvchisi va shoiri Zikrilla Ne’matning “Qatag‘on o‘pqoni” pyesalar to‘plami hamda

    ...
  • She’riy matematika

    O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, bolalar shoiri, mohir pedagog Negmurod Guliyevni bir qator ajoyib she’rlari va matematik jumboqlari orqali jurnal o‘quvchilari yaxshi biladilar.

    Tajribali muallimning “She’riy matematika” nomli yangi kitobidagi she’riy yo‘l bilan ifodalangan matematik masalalar siz o‘quvchilarda ham adabiyotga, ham matematikaga

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.