- Rukn: Sheʼrlar
- 378 marta ko‘rilgan
Pingvin
Olis muzlik o‘lkasida
Mening go‘sham.
Guvillagan ummon qumni
Berar to‘shab.
Pingvinglarmiz – saf tortganmiz
Qator-qator.
Yashayapmiz, muzlik ichra
Biz baxtiyor.
Zuryodimiz muzlikda
Yuz ochgan lola.
Pingvinlarmiz – tog‘a, jiyan,
Amma, xola.
Ozodamiz, oq ko‘ylag-u,
Qora libos.
Kiyinamiz yolg‘iz bizga –
Pingvinga xos.
Chiniqqanmiz, ummon bilan
O‘ynagaymiz.
Dangasani davramizga
Qo‘ymagaymiz.
Sharifa SALIMOVA,
O‘zbekiston Respublikasida
xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi