- Rukn: Sheʼrlar
- 368 marta ko‘rilgan
Fil
Oyisiga quloq solmay,
Bilganidan sira qolmay,
Izlab o‘rmonning lolasin,
Chohga tushdi fil bolasi.
– Ovchi meni olib ketar,
Qafasiga solib ketar.
Keyin sizni ko‘rolmayman,
Oyijonim, deyolmayman.
Nogoh qars-qurs sinar daraxt,
Butun o‘rmon bo‘lmish karaxt.
O‘zlariga ochgancha yo‘l,
Chopib kelar bir to‘da fil.
– Hah, quloqsiz bolaginam,
O‘takamni yording biram.
Qo‘ling uzat, qani tezroq,
Buncha chuqur sen tushgan choh.
Fillar chohni o‘rab olib,
Har bittasi xartum solib,
O‘kirib, topib chorasin,
Qutqazishar fil bolasin.
Ota fil-chi sukut saqlab,
Qahr ila ko‘zi chaqnab,
Bolasiga qarab dedi:
– Ayrilganni ayiq yeydi.
Sharifa SALIMOVA,
O‘zbekiston Respublikasida
xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi