Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2023-yil 12-son

  • Mangu yangrar Madhiyam

    Qo‘shiqlar ko‘p dunyoda,

    Tog‘-toshlarni yig‘latgan.

    Qo‘shiqlar ko‘p dunyoda,

    So‘qir qalbni uyg‘otgan.

     

    Men bir qo‘shiq kuylasam,

    Baxtim kulib, bog‘ bo‘lgay.

    El-u yurtim mehridan,

    Ko‘ksim qalqon tog‘ bo‘lgay.

     

    Yangi fikr, yangi so‘z

    Mustaqil zabonimda.

    Ilm-u ma’rifat g‘olib,

    Hur,

    ...
  • Qalbingizda nima bor?

    Jurnalimizning qadrli muxlislari! 2023-yilning har bir sonini diqqat bilan kuzatib, sinchiklab, qiziqib o‘qib borgan  aziz mushtariylar! Ana-mana deb, yana bir yilni yakunlab qo‘ydik. Qo‘lingizga jurnalning 12-soni yetib bordi.  Avvalo, barcha muxlislarimizni yaqinlashib kelayotgan yangi 2024-yil bilan chin dildan qutlaymiz. Yangi yil hammaga omadli kelsin. Kimning qanday maqsadi,

    ...
  • Men intilgan cho‘qqilar

    “Gulxan”jonning aziz muxlislari. Jurnalimizning bu galgi mehmoni ko‘pchilikka ilk bor “Maftuningman” filmidagi Bakir Nazarov roli orqali tanilgan aktyor, O‘zbekiston xalq artisti, davlat mukofoti sovrindori, rejissor va pedagog, professor Turgun Azizov.

    Turg‘un Azizov kino san’atida ham o‘z o‘rniga ega bo‘­lib,

    ...
  • “Ijodni anglash baxti”

    O‘zbekiston Qahramoni, atoq­li adabi­yot­­shunos olim Ozod SHA­RAFID­DI­NOVning G‘afur G‘u­lom haqidagi xotiralari bu­gungi kun o‘quvchilari uchun ham qiziqarli bo‘lishiga ishonamiz.

     

    Men G‘afur G‘ulomning nomini maktabda o‘qib yurgan kezlarimdayoq eshitgan edim. Urush boshlangandan keyin maktab sahnasidagi

    ...
  • Kamtarona

    Hayot dehqonga yer etibdi ato,

    Temirchiga – bosqon, chumoliga – xas.

    Men yurmog‘im uchun yayrab el aro

    Qalam ko‘targudek quvvat bersa bas.

     

    Husniddin SHARIPOV

  • Beg‘uborlik haqida

    Ko‘ksingdan joy bersang zarra riyoga,

    Kirishing mushkuldir yangi dunyoga.

    Shuning-chun, ehtimol,

    Zaminni oftob

    Aylantirib ko‘rar,

    Tutib ziyoga.

     

    Husniddin SHARIPOV

  • Pokiza nom

    Vatan ko‘p asrlar, kurashlar hamda

    Noma’lum dehqonlar ijodi erur.

    Uni yuksaltirmish yorug‘ olamda

    Hazrat Navoiylar baxsh etgan g‘urur.

     

    Alanga tiliday beqaror hislar

    She’rga aylangandek nogoh ilhomdan,

    Vatan boshlanadi siz bilan bizlar

    Avaylab asragan pokiza nomdan.

     

    Husniddin

    ...
  • Aziz Vatan

    Aziz Vatan,

    Iqbol vatani,

    Qaddi baland,

    Qadri balandim,

    Yuragimga jo etib seni,

    Quchog‘ingda nurga belandim.

    Ko‘p narsani sevamiz, ammo

    Vatan mehri baridan yuksak.

    O‘zga yurtlar gulidan a’lo

    O‘z dalangda jilmaygan ko‘sak.

    “Vatan” desak ko‘ksingga inib,

    Jonday iliq tuyular tuproq.

    Shu tuproqda

    ...
  • Ona tilim

    Dunyoda ko‘p tillar ammo

    Hammasidan ziyoda,

    Ona tilim bor bebaho –

    Shundan boshim samoda!

    Bobolardan meros bildim,

    Sof saqlayman to abad.

    Mening uchun ona tilim –

    Faxr, sharaf, saodat!

     

    Nurxon RAYIMOVA

  • Bobo va nabira

    – Siz qayoqqa, bobojon?

    – Bozorga-da, bolajon.

    – Nima olib kelasiz?

    –  Kelganimda ko‘rasiz.

    –  Bobo, do‘konga kiring,

    Kiring, shuni axtaring.

    – Nima ekan ayt, bolam?

    – Umi, bobojon, OLAM!

    – Bilishimcha, bu – kitob,

    – Kerak menga shu OFTOB!

    U bilan yayrar dilim,

    Kitob bilimdir, bilim!

    Buni

    ...
  • Bahona

    Oyijoni “Ko‘p yeding”, deb,

    Bermay qo‘ygan edi shira,

    Bu kichkina Valijonning

    Ko‘nglin juda qildi xira.

    Idishga bir boqib dedi:

    -Oyi, bo‘lib qoldim kasal,

    Tez tuzalib qolar edim,

    Beraqoling jichcha asal.

     

    Nurxon RAYIMOVA

  • Kuchukcha

    Nodirbekning kuchukchasi

    O‘ynoqlaydi, chopadi.

    Dumalaydi, irg‘ishlaydi,

    Koptok otsa, topadi.

    Nodirbek-chi erkalaydi,

    To‘lib-toshar sevinchi.

    Kuchukchasin silab deydi:

    – Sen – hovliga qo‘riqchi!

     

    Nurxon RAYIMOVA

  • Qizcha va chumchuq

    Baland shoxda chug‘urlaydi,

    Bitta ona chumchuqcha.

    Chug‘urlaydi-chug‘urlaydi,

    Bir dam tinmaydi buncha?

    Zuhra ko‘rdi:

    – Polaponi tushib ketgan ekan, voy!

    Mushuk yalar mo‘ylovini,

    Yeb qo‘ymasa edi, hoy!

    Chopib borib polaponni

    Olib, mehr-la boqdi.

    Akasi ham ko‘rib buni,

    In yasab shoxga qoqdi.

    Ona

    ...
  • Tarvuz va qovoq baxsi

    Yaxshi taniysan, oshna,

    Uchrashamiz har kuzda.

    Qovunxonga yon qo‘shni,

    Men Qo‘zivoy tarvuz-da.

    Bahslashdik qovoq-la,

    Endi maysa paytimiz:

    “Pishsak rosa yetilib,

    Shirinroqmiz qaysimiz?!”

    Emib Quyosh nuridan,

    Yerdan oziq simirdim.

    Pushta uzra yonboshlab,

    Kundan kunga semirdim.

    Qovoq bo‘lsa

    ...
  • Lolaxon va ari

    Uyin buzgan dushmanin

    Ari quvdi vizillab.

    Ta’qibidan raqibning

    Lola qochdi g‘izillab.

    Yetvoldi-ya, baribir,

    Ari chaqdi jizillab.

    Og‘rig‘iga chidolmay

    Lola yig‘lar izillab.

    Qora charos ko‘zidan

    Yoshlar oqar tizillab.

    Chopib qoldi onasi

    Oshxonaga tuz izlab.

    Dadasi ham kep qoldi,

    Qulupnayni

    ...
  • Qovun

    Tarvuzning yon qo‘shnisi,

    Poliz suygan qovunman.

    Shirinlikda asalga

    Eng birinchi m(u)ovinman.

    Men pishmasdan, desalar:

    “Handalak yeb, ovun, ma”,

    Tatib ko‘rib so‘ng uni,

    Qovun shu deb ovunma.

    So‘rab yurmay totimni

    G‘arazgo‘y-u xolisdan,

    Meni izlab yo‘lga chiq,

    Topajaksan polizdan.

    Dimog‘ingni

    ...
  • Kavush kiygan laylak

    Adabiyotshunos olima, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Xalq ta’limi a’lochisi, bolalar adibasi Zamira IBROHIMOVA bu yil 70 yoshni qarshiladilar.

    Zamira opa olima sifatida maktabgacha ta’lim tizimi uchun ilmiy izlanishlar asosida juda ko‘p o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy-metodik kitoblar yaratdi. Adiba sifatida esa bolajonlar uchun yozgan ertak va

    ...
  • “Miyasi butun”lar sohasi

    IT(Information technology) – o‘zbekchada “Axborot texnologiyalari” degani. Agar biz hayotimiz davomida qabul qiladigan ma’lumotlarimizni “axborot” desak, ularni bizga yetkazib beruvchi har qanday vositalar  axborot texnologiyalari hisoblanadi.

    Masalan, biz ingliz tilini turli mobil ilovalar orqali (Duolingo, Ibrat Academy kabi) o‘rganishimiz mumkin. Bunda axborot – ingliz tili

    ...
  • O‘zbekiston

    Boshida Humo qushi,

    Avjida sho‘x yallalar.

    Aytilmoqda xotirjam

    Beshiklarda allalar.

     

    Odimlarimiz shaxdam,

    Porloq kelajak sari.

    Davron sursin shod-xurram,

    Yurtimizda yosh-qari.

     

    Yuksalmoqda har go‘sha,

    Tog‘larning xushhavosi,

    Kuylanar erta tongdan

    Mustaqil yurt

    ...
  • Onajonim

    Uddaburon bekasiz,

    Keksa-yu yoshga yoqqan.

    Uyimiz farishtasi,

    Qo‘l-oyog‘ingiz chaqqon.

     

    O‘smoqdamiz bearmon,

    Sizdan olib zo‘r ibrat.

    Pand-u nasihatingiz

    Bizlar uchun chin hikmat.

     

    Omon bo‘ling, onajon,

    Siz erursiz baxtimiz.

    Sizni har dam shod etmoq,

    Ko‘ngildagi

    ...
  • Bo‘ri

    Qariyapman,

    Ko‘zim asta tinib borar.

    Bilagimdan quvvat ketib,

    So‘nib borar.

    Tushib ketdi bir-bir oziq

    Tishlarim ham.

    Bu kechasi tushlarimga

    Kirdi onam.

    –  Bolam, – dedi, – ahvolingdan

    Xabar topdim.

    Xazonlarni ko‘rpa qilib

    Senga yopdim.

    Yoshligingda o‘rmonlarning

    Zo‘ri

    ...
  • Pingvin

    Olis muzlik o‘lkasida

    Mening go‘sham.

    Guvillagan ummon qumni

    Berar to‘shab.

    Pingvinglarmiz – saf tortganmiz

    Qator-qator.

    Yashayapmiz, muzlik ichra

    Biz baxtiyor.

    Zuryodimiz muzlikda

    Yuz ochgan lola.

    Pingvinlarmiz – tog‘a, jiyan,

    Amma, xola.

    Ozodamiz, oq ko‘ylag-u,

    Qora

    ...
  • Fil

    Oyisiga quloq solmay,

    Bilganidan sira qolmay,

    Izlab o‘rmonning lolasin,

    Chohga tushdi fil bolasi.

    –  Ovchi meni olib ketar,

    Qafasiga solib ketar.

    Keyin sizni ko‘rolmayman,

    Oyijonim, deyolmayman.

    Nogoh qars-qurs sinar daraxt,

    Butun o‘rmon bo‘lmish karaxt.

    O‘zlariga ochgancha yo‘l,

    Chopib kelar bir

    ...
  • Orzulari osmon bola

    Kuz bo‘lishiga qaramasdan havo issiq edi. Dildora opa uy yumushlarini tugatib ishga otlandi.

    – Jamshidbek o‘g‘lim, bo‘la qolgin, maktabingga tashlab o‘taman, – deb o‘g‘lini chaqirdi. Maktab uylariga yaqin bo‘lganidan piyoda yo‘lga tushishdi. 

    – Oyi, bilasizmi, kecha men konstitutsiya kitobidagi moddalarni o‘qib chiqdim va biz, bolalarning haq-huquqlari nimalardan iborat

    ...
  • Jonajon o‘lkam

    Bir vatanki har tongi chog‘lar,

    Quloch yozib quyosh quchoqlar,

    Poyandozlar to‘shaydi bog‘lar,

    O‘zbekiston – jonajon o‘lkam.

     

    To‘rt faslida chindan-da go‘zal,

    Tuprog‘i zar, suvlari asal,

    Ezgulikda dunyoda mash’al,

    O‘zbekiston – jonajon o‘lkam.

     

    Qalb ardog‘i, e’zozimizsan,

    Iqbolimiz,

    ...
  • Ustozimga

    Sizga ta’zim bajo aylab,

    Qo‘lga qalam-qog‘oz oldim.

    O‘ylaganim, asraganim

    Dil so‘zlarim she’rga soldim!

     

    Issiq mehrim havoladir,

    Aynan sizga, jon ustozim.

    Mudom yoningizda bo‘lib,

    Go‘zal o‘tar yoshlik  onim!

     

    Ustoz sizga havas qildim,

    Ilm nuri bezak sizga.

    Shogirdlarning

    ...
  • Qishning ayozi

    Oppoq ko‘rpa yoyilgan zamon,

    Derazaga naqshlar chiza,

    Jalb qiladi o‘ziga tomon,

    Sodir bo‘lar ajib mo‘jiza.

    Bo‘ron bo‘lar, shamol izg‘irin,

    O‘rmonlarda bolta, arralar,

    Hech kim bilmas sovuqning sirin,

    Tovlanadi kumush zarralar.

    Oy shu’lasi allalab tunni,

    Davom etar zimiston uzoq.

    Mushtoq bo‘lib kutamiz

    ...
  • Singlimning siri

    Odina  ABDUMO‘MINOVA 2000-yil 21-avgustda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tavallud topgan. Bolalar adabiyoti yo‘nalishida ijod qiladi. She’rlari “Sirdaryo g‘unchalari” (2016), “Quvnoq bolalar” (2018), “Boyovut g‘unchalari” (2019), “Suyunchi” (2023), “Parvoz” (2023) nomli yoshlar bayozlaridan o‘rin olgan. 2020-yilda Respublika Yosh ijodkorlar kengashi tomonidan tashkil

    ...
  • Oy bo‘lishni istagan yulduz

    Bir kuni qizcha buvisinikiga mehmonga boribdi. Yoz fasli ekan. Meva-cheva mo‘l, hamma yoq to‘kin. U har oqshom rayhonlar o‘sib, hidlarini taratib turgan bog‘ yaqinida, so‘ri ustida, buvisining yonida, buvisi tikkan yumaloq yostiqqa bosh qo‘yib, yulduzlarga termulib, ertak eshitar ekan. Bir gal buvisi mudrab uxlab qolibdi.

    Qizaloq esa yulduzlar to‘la osmonga ter­mulib, xayol surib

    ...
  • Jonlantirish

    Meni hammadan ham mohir sehrgar deb atashingiz mumkin. Chunki men Jonlantirishman. Xohlasangiz daraxtlarni ham jonlantiraman, ularni sokin uyquda, quyoshni esa menga kulib boqdi, deyishim yoki gullar bosh chayqadi, desam ham bo‘ladi. Ertaklarda esa barcha jonzotlarni, hatto tirik bo‘lmagan narsalarni tilga kirgiza olaman. Men yozuvchi va shoirlarga yorqin va betakror obrazlar yaratishga

    ...
  • Qarshilantirish

    Meni asarlarida mohirona ishlatgan ijodkorlar she’r yo hikoyalarining yanada ta’sirli chiqqaniga guvoh bo‘lish mumkin. Mana ikkita bir-biriga zid tushuncha issiq-sovuq, go‘zal-xunuk – bular sifatlar. Harakat, holatlar, obrazlar ham bir-biriga qarama-qarshi bo‘lishi mumkin. Demak, antitezada asosan antonimlardan, ya’ni qarama-qarshi ma’nodagi so‘zlardan foydalanamiz.

    Mana, masalan,

    ...
  • Matilda yoxud vunderkind qizaloq

    Odatda, ko‘pchilik ota-onalar bolasidagi biror yaxshi sifati yoki holatni yanada oshirib aytishga, farzandi dunyodagi eng iste’dodli bola ekanligiga hammani ishontirishga harakat qiladilar. Loyihamiz bo‘yicha “Gulxan”ning oldingi sonida e’lon qilingan “G‘aroyib bolalar” asaridagi yoshi kattalarning bu mavzuda bir-biridan qolishmay aytadigan maqtovlarini bir eslang!

    Ba’zida esa

    ...
  • Maktabdagi “Qochoq”

    Maktab direktori Nosirov o‘z ta’biri bilan aytganda “razvedkaga chiqdi”. Tez yurib, tez gapirganigami yoki tabiatidagi shiddat sabablimi ayrim shumtaka o‘quvchilar unga “pistolet” deb laqab qo‘yishgan. Direktor  hozir odatiga zid tarzda sekin qadam tashlar, har sinf eshigi yonida to‘xtab, bir zum ichkariga quloq tutardi.

    – Hmmm, tuzuk, – ko‘ngli to‘lib, o‘qi­tuvchilaridan,

    ...
  • Ortda qolgan manzillar

    Umr oqar suv yanglig‘ o‘taverar ekan. Ortga boqsam, saksondan ham oshib ketibman. Ko‘plab kasbdoshlarimiz, safdoshlarimiz, tengdoshlarimiz hayot yo‘llarining eng go‘zal, ibratomuz tomonlarini gapirish, yozishni ma’qul ko‘radi. Bir tomondan bu to‘g‘ridir. Chunki odamlar, ayniqsa, yoshlar shunday nurli yo‘llardan ibrat olishlari kerak, nazarimda. Menga esa ortda qolgan manzillarimning tuzatib

    ...
  • Ilmsizlik zulmati

    Qadim zamonda o‘qish va yozishni yomon ko‘radigan bir bola bo‘lgan ekan. U turli bahonalar bilan maktabga bormas, borganda ham berilgan vazifalarni bajarmay, faqat yomon baho olar ekan. Ota-onasining tanbehlariga quloq solmay, “Men katta bo‘lsam, cho‘pon bo‘laman, qo‘y boqish uchun o‘qish kerak emas”, der ekan.

    Bir kuni u uylari yaqinidagi o‘tloqdan qo‘ziqorin terib yurib ancha

    ...
  • Shaxmatning jahon malikasi

    Afruza Hamdamova — maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘z yosh toifasida 14 karra O‘zbekiston chempioni edi. Yaqinda — 12-25-noyabr kunlari Italiyaning Montesilvano shahrida shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida u muddatidan oldin rekordni yangiladi. Endi Afruza – O‘zbekiston tarixida qizlar o‘rtasida ilk jahon chempioni.

    Besh yoshidan shaxmatga qiziqqan

    ...
  • O‘qituvchi ham ota-ona

    So‘nggi paytlarda ijtimoiy tar­moqlarda dars vaqtida o‘qituv­chining o‘quvchini urayotgani tasvirga olingan turli videolar tez-tez aylanmoqda. Unga bo‘layotgan munosabatlarda holatning asl mo­hiyatini tushunmay turib, o‘qi­tuvchini qoralashadi, “Birovning bolasini urishga nima haqqi bor, qonun bo‘yicha mumkin emas”,  – deya e’tiroz bildirishadi.

    O‘quvchilik

    ...
  • Krossvord 110 yoshda

    O‘quvchilarimiz jurna­limizda berib borila­­yotgan topqirlik mashqlarini ma­­roq bilan hal etib, bilimlarini oshirishga odat­lanishgan. Ular uchun bunday mashq­lardan krossvordning kim va qachon ixtiro qilganligini  bilish ham juda qiziq. Bu an’anaga  110 yil to‘l­di. Hozirda krossvordning vatani sifatida AQSH, Buyuk Britaniya, Italiya va Janubiy

    ...
  • Nurxon Rayimova

    Shoira,  adiba Nurxon  Rayimova  1949-yil 3-noyabrda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi Eskiarab qishlog‘ida dеhqon oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, Farg‘ona davlat pеdagogika instituti (hozirgi Farg‘ona davlat univеrsitеti)ni o‘zbеk tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan.

    Ilk ijodiy ishlari 1970-yildan matbuot sahifalarida ko‘rina

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.