Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Onajonim

Uddaburon bekasiz,

Keksa-yu yoshga yoqqan.

Uyimiz farishtasi,

Qo‘l-oyog‘ingiz chaqqon.

 

O‘smoqdamiz bearmon,

Sizdan olib zo‘r ibrat.

Pand-u nasihatingiz

Bizlar uchun chin hikmat.

 

Omon bo‘ling, onajon,

Siz erursiz baxtimiz.

Sizni har dam shod etmoq,

Ko‘ngildagi ahdimiz!

 

Rayhona G‘ULOMJONOVA,

Ohangaron shahri 2-IDUM 6-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.