Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

O‘zbekiston

Boshida Humo qushi,

Avjida sho‘x yallalar.

Aytilmoqda xotirjam

Beshiklarda allalar.

 

Odimlarimiz shaxdam,

Porloq kelajak sari.

Davron sursin shod-xurram,

Yurtimizda yosh-qari.

 

Yuksalmoqda har go‘sha,

Tog‘larning xushhavosi,

Kuylanar erta tongdan

Mustaqil yurt navosi.

 

Bu kun elimiz ilg‘or,

Tan oldi butun jahon.

Har jabhada muzaffar

Bu – bizning O‘zbekiston!

 

 

Sabohat RAHMONBERDIYEVA,

Angren shahri 1-kasb-hunar maktabi 1-bosqich o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.