Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bobo va nabira

– Siz qayoqqa, bobojon?

– Bozorga-da, bolajon.

– Nima olib kelasiz?

–  Kelganimda ko‘rasiz.

–  Bobo, do‘konga kiring,

Kiring, shuni axtaring.

– Nima ekan ayt, bolam?

– Umi, bobojon, OLAM!

– Bilishimcha, bu – kitob,

– Kerak menga shu OFTOB!

U bilan yayrar dilim,

Kitob bilimdir, bilim!

Buni aytgan o‘zingiz,

Qulog‘imda so‘zingiz.

– Do‘konlarni oralab,

Qarab, tanlab, saralab,

Aytganingiz olay, xo‘p.

Kitob deganlari ko‘p!

Bobo qaytdi bozordan,

Uyiga shoshdi shitob.

 

Nurxon RAYIMOVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.