- Rukn: Sheʼrlar
- 334 marta ko‘rilgan
Bahona
Oyijoni “Ko‘p yeding”, deb,
Bermay qo‘ygan edi shira,
Bu kichkina Valijonning
Ko‘nglin juda qildi xira.
Idishga bir boqib dedi:
-Oyi, bo‘lib qoldim kasal,
Tez tuzalib qolar edim,
Beraqoling jichcha asal.
Nurxon RAYIMOVA