Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kuchukcha

Nodirbekning kuchukchasi

O‘ynoqlaydi, chopadi.

Dumalaydi, irg‘ishlaydi,

Koptok otsa, topadi.

Nodirbek-chi erkalaydi,

To‘lib-toshar sevinchi.

Kuchukchasin silab deydi:

– Sen – hovliga qo‘riqchi!

 

Nurxon RAYIMOVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.