- Rukn: Sheʼrlar
- 323 marta ko‘rilgan
Qizcha va chumchuq
Baland shoxda chug‘urlaydi,
Bitta ona chumchuqcha.
Chug‘urlaydi-chug‘urlaydi,
Bir dam tinmaydi buncha?
Zuhra ko‘rdi:
– Polaponi tushib ketgan ekan, voy!
Mushuk yalar mo‘ylovini,
Yeb qo‘ymasa edi, hoy!
Chopib borib polaponni
Olib, mehr-la boqdi.
Akasi ham ko‘rib buni,
In yasab shoxga qoqdi.
Ona chumchuq polaponga
Sayrab qo‘ydi chug‘urlab:
– Mana endi mushukvoy ham
Ketolmaydi o‘g‘irlab.
Nurxon RAYIMOVA