Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ustozimga

Sizga ta’zim bajo aylab,

Qo‘lga qalam-qog‘oz oldim.

O‘ylaganim, asraganim

Dil so‘zlarim she’rga soldim!

 

Issiq mehrim havoladir,

Aynan sizga, jon ustozim.

Mudom yoningizda bo‘lib,

Go‘zal o‘tar yoshlik  onim!

 

Ustoz sizga havas qildim,

Ilm nuri bezak sizga.

Shogirdlarning ardog‘ida

Kulib turgan nurli yuzga! 

 

Asl ustoz shunday yashar,

O‘zgalarga o‘rnak bo‘lib.

Mamnundirsiz gul umringiz,

Kitobiga mazmun to‘lib!

 

To‘rabek Yo‘ldoshev,

Hamid Olimjon va Zulfiya

nomidagi ijod maktabi, 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.