- Rukn: Sheʼrlar
- 1976 marta ko‘rilgan
Qishning ayozi
Oppoq ko‘rpa yoyilgan zamon,
Derazaga naqshlar chiza,
Jalb qiladi o‘ziga tomon,
Sodir bo‘lar ajib mo‘jiza.
Bo‘ron bo‘lar, shamol izg‘irin,
O‘rmonlarda bolta, arralar,
Hech kim bilmas sovuqning sirin,
Tovlanadi kumush zarralar.
Oy shu’lasi allalab tunni,
Davom etar zimiston uzoq.
Mushtoq bo‘lib kutamiz kunni,
Nur qochadi bizlardan yiroq.
Qor parchasi tushganda qo‘lga,
Vujudimga sig‘mas quvonchim.
Olislarda titraydi tog‘lar,
Aks-sadoday kelar ovozi.
Yaxmalakday muzlab chorbog‘lar,
Tinim bilmas qishning ayozi.
Gulshan SOTTIYEVA,
Jizzax viloyati Zafarobod tumani 12-maktab 10-sinf