Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Jonajon o‘lkam

Bir vatanki har tongi chog‘lar,

Quloch yozib quyosh quchoqlar,

Poyandozlar to‘shaydi bog‘lar,

O‘zbekiston – jonajon o‘lkam.

 

To‘rt faslida chindan-da go‘zal,

Tuprog‘i zar, suvlari asal,

Ezgulikda dunyoda mash’al,

O‘zbekiston – jonajon o‘lkam.

 

Qalb ardog‘i, e’zozimizsan,

Iqbolimiz, ixlosimizsan,

Baxt atalgan libosimizsan,

O‘zbekiston – jonajon o‘lkam.

 

E’zozaxon Akramjonova,

Farg‘ona davlat universiteti

2-kurs talabasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.