Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Jonlantirish

Meni hammadan ham mohir sehrgar deb atashingiz mumkin. Chunki men Jonlantirishman. Xohlasangiz daraxtlarni ham jonlantiraman, ularni sokin uyquda, quyoshni esa menga kulib boqdi, deyishim yoki gullar bosh chayqadi, desam ham bo‘ladi. Ertaklarda esa barcha jonzotlarni, hatto tirik bo‘lmagan narsalarni tilga kirgiza olaman. Men yozuvchi va shoirlarga yorqin va betakror obrazlar yaratishga yordam beraman, dunyoni yanada nozik tushunishga, uni his qilishga o‘rgataman. Shuning uchun tirik bo‘lmagan predmetlarga ham insoniy fazilat va belgilarini baxsh eta olaman.

Mana, shamolni tasvirlar ekanman, u qizaloq qulog‘iga biror sirni shivirlab ketdi, deyishim mumkin. Ertaklarda esa qahramonlarga bemorni hayotga qaytarish yoki sehr-jodudan xalos qilish yo‘llarini qushlar aytib berishadi. Boshlovchi, shoirlar va yozuvchilar meni to‘g‘ri qo‘llashni o‘rganishlari kerak. Men asarlarda qandaydir vazifa bajarishim zarur. Asosiy ishim esa predmetni harakatga keltirish, jonlantirish va o‘quvchilarda unga nisbatan shunday taassurot hosil qilishki, tirik bo‘lmagan predmet insonday jonli hayot kechirsin.

 

Kavsar TURDIYEVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.