Qarshilantirish
Meni asarlarida mohirona ishlatgan ijodkorlar she’r yo hikoyalarining yanada ta’sirli chiqqaniga guvoh bo‘lish mumkin. Mana ikkita bir-biriga zid tushuncha issiq-sovuq, go‘zal-xunuk – bular sifatlar. Harakat, holatlar, obrazlar ham bir-biriga qarama-qarshi bo‘lishi mumkin. Demak, antitezada asosan antonimlardan, ya’ni qarama-qarshi ma’nodagi so‘zlardan foydalanamiz.
Mana, masalan, ayol obrazi haqida gapirganimizda uni ham nozik, ham kuchli deb ta’riflashimiz mumkin.
Meni ko‘proq maqollarda, topishmoqlarda topishingiz mumkin. Men tufayli maqollar yanada ta’sirchan chiqadi. Ishonmaysizmi, mana o‘zingiz guvoh bo‘ling.
Kengga keng dunyo,
Torga tor dunyo.
Odam bo‘lish oson,
Odmi bo‘lish qiyin.
Yomonlikni yaxshilik bilan yeng.
Ko‘ryapsizmi, men goh sifat, goh fe’l, goh ravish, goh ot ko‘rinishida kelyapman. Topishmoqlar esa men sabab yanada go‘zalroq chiqadi va eshituvchining diqqatini tortadi.
Qishda yaxlamaydi,
Yozda yaxlaydi.
Keta beradi,
Kelaveradi.
Qochaveradi,
Quva beradi.
Mana shunday ishlarim juda ko‘p. Shuning uchun ham yozuvchi va shoirlar mendan unumli foydalanishsa, o‘quvchisini o‘ylantiruvchi holatlar yaratishadi. O‘ylash imkoniyatini beruvchi asar esa, boshqalarga qaraganda kitobxonni adabiyotga bo‘lgan e’tiborini oshiradi. Shuning uchun badiiy tasviriy vositalar orasida mening o‘rnim ham muhim ahamiyatga ega.
Boshi o‘tgan sonlarda
Kavsar TURDIYEVA