- Rukn: Sheʼrlar
- 323 marta ko‘rilgan
Mangu yangrar Madhiyam
Qo‘shiqlar ko‘p dunyoda,
Tog‘-toshlarni yig‘latgan.
Qo‘shiqlar ko‘p dunyoda,
So‘qir qalbni uyg‘otgan.
Men bir qo‘shiq kuylasam,
Baxtim kulib, bog‘ bo‘lgay.
El-u yurtim mehridan,
Ko‘ksim qalqon tog‘ bo‘lgay.
Yangi fikr, yangi so‘z
Mustaqil zabonimda.
Ilm-u ma’rifat g‘olib,
Hur, ozod zamonimda.
O‘zligin topgan xalqim,
Bir bayroq ostida jam.
Qalbdan qalblarga ko‘chib,
Mangu yangrar madhiyam!
Farog‘at XUDOYQULOVA