- Rukn: Sheʼrlar
- 421 marta ko‘rilgan
Ayiqvoyning orzusi
Arib hayot tashvishlari,
Uyim bolga to‘lsaydi.
Dunyoda bor asalari
Xizmatkorim bo‘lsaydi.
“Hukmdorim, ozibsiz sal,
Qimirlamay yoting”, desa!
Bu tog‘ asal, bu bog‘ asal,
Tortinmayin toting”, desa!
Sig‘dirolmay qolsa ombor,
Ne qilmoqni bilardim.
Qishda uxlamay och-nahor,
Ziyofatlar qilardim.
Qandoq yaxshi, ozroq bol deb
Tanam nishga to‘lmasa.
Yo‘q! Yaxshisi asal bo‘lsa,
Asalari bo‘lmasa!
Jamoliddin Qilichov,
Andijon davlat universiteti
filologiya fakulteti
2-bosqich talabasi