Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Bayoz” tuhfasi

Sahifada muqovasi aks etgan “O‘qish kitobi adiblari” to‘plami “Bayoz” nashriyotida chop etilib, keng kitobxonlar ommasiga taqdim qilindi. Kitobni Qo‘qon davlat pedagogika institutining 4-kurs talabasi, Alisher Navoiy stipendiyasi sohibasi Zulfiya To‘ychiyeva nashrga tayyorlagan. Katta mehnat va izlanishlar natijasida yuzaga kelgan ushbu qo‘llanma nafaqat o‘qituvchilar, balki boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham “O‘qish kitobi”ga qo‘shimcha sifatida ma’lumot beruvchi manbaa, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Unda darsliklardagi qariyb 150 nafar yozuvchi hamda shoirlarning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot, asarlaridan namunalar berilgan.

Ushbu kitob yana bir jihati bilan muhimki, unda siz o‘quvchilar nafaqat ijodkorlarning hayoti va ijodi, balki ularning qiyofasi bilan ham tanishasiz. Chunki kitobda ko‘plab sevimli yozuvchi va shoirlarning fotosuratlari ham bor. O‘ylaymizki, bu kitob siz bolalarning ma’naviy kamolotingizga munosib hissa qo‘shadi, darsligingizdan joy olgan qalam ahli bilan yaqindan tanishishda mustahkam ko‘prik vazifasini o‘taydi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.