Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2018-yil 2-son

  • "Oq sukunat portlar saharda"

    Mangulik

     

    Yillar o‘taverar, sezmay qolasan,

    Ortda qolaverar qorlar, jalalar.

    Bolaga qo‘shilib sen ham kulasan,

    Bo‘yningga osilib kular bolalar.

     

    Ular paydo bo‘lar tushlaringda ham,

    Bir lahza yurakdan ketar nolalar.

    Soylarday gurkirab, dunyoga beg‘am

    Kirib kelaverar quvnoq

    ...
  • Kitobxonlar safi ortdimi?

    Qadrli muxlislar! Keyingi yillarda mamlakatimizda mutolaa madaniyatini yanada yuksaltirish uchun ko‘pgina xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘quv maskanlarida kitob bilan bog‘liq tanlovlar, tadbirlar tashkillashtirilmoqda. Taniqli yozuvchi, shoir va jurnalistlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Bularning bari siz bolalarning, yoshlarning kelajagingiz uchun qilinayotgan sa’y harakatlar.

    ...
  • Samarqand bo‘sag‘alarida

    – Musofir yurtig‘a kelayotirmen, deb qayg‘urmang. Albatta, vatanni tark etmak oson ermas. Ammo beixtiyor ollig‘a safar tushgan kishi, tavakkal otig‘a minib, sabr-matonat kamari bila belini bog‘lab olmog‘i zarur. Katta boshingizni kichik qilib, har yerga sig‘ib ketaverasiz. Muqarrar maoshim yo‘q, deb qo‘rqmang, Samarqandda mendek do‘stlaringiz bor ekan, xor-zorlig‘

    ...
  • Boburiylar shajarasi

    000

  • Toshga bitilgan "Boburiynoma"

    Jannatmakon Zahiriddin Muhammad hazratlari buyuk faoliyat kishisi bo‘lgan.

    ...Chindan ham haqiqiy hukmdorlik “viloyat olmoqlik” bilangina emas, balki “viloyat saqlamoqlik” bilan belgilanadi. Buyuk davlat arboblariga mos mazkur sifatlarga ega bo‘lganliklari vajhidan ham boburiy bobolarimiz qariyb 350 yil mobaynida hozirgi Hindiston, Pokiston, Bangladesh va Afg‘oniston hududlaridagi

    ...
  • Dostonlardan kuch olgan yoshlik

    O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon elimizning chinakam ijodkori, milliy adabiyotimizning zabardast vakili. Bugun o‘zining 75 yoshini nishonlayotgan ustoz mudom ijod quchog‘ida. Odamlarga, dunyoga aytar so‘zi, niyati ko‘p.

    O‘ylaymizki, ijodkorning ushbu sahifamizdan joy olgan bolalik xotiralari biz uchun qiziqarli, ham ibratli.

    ...
  • Sport jon-u dilimiz

    Yosh sportchilar qo‘shig‘i

     

    Elda bor shunday naql:

    “Sog‘ tanda – sog‘lom aql”.

    Qilib badantarbiya

    O‘samiz ziyrak, oqil.

     

    Alpomishga vorismiz,

    Haqparvar-u xolismiz.

    Temuriy bahodirlar,

    Tanballikdan olismiz.

     

    Chiniqqanmiz, chaqqonmiz,

    Qalbi olov –

    ...
  • “Bayoz” tuhfasi

    Sahifada muqovasi aks etgan “O‘qish kitobi adiblari” to‘plami “Bayoz” nashriyotida chop etilib, keng kitobxonlar ommasiga taqdim qilindi. Kitobni Qo‘qon davlat pedagogika institutining 4-kurs talabasi, Alisher Navoiy stipendiyasi sohibasi Zulfiya To‘ychiyeva nashrga tayyorlagan. Katta mehnat va izlanishlar natijasida yuzaga kelgan ushbu qo‘llanma nafaqat o‘qituvchilar, balki boshlang‘ich sinf

    ...
  • To‘rtburchak ko‘z, oq baliq, yig‘loqi toshbaqa

    • Dunyoda eng katta molluska – Hind okeanida uchraydi. Uning vazni 250 kilogrammni tashkil etadi. Quloq suprasi esa 2 metr.
    • Chukotka va Alyaska suvlarida uchraydigan Dalliya balig‘i eng uzoq yashaydigan baliq bo‘lib, u bir necha oygacha muz ostida, muzlagan holda yashay oladi.
    • Delfinlarning kommunikatsion tizimi shunaqangi rivojlangan ekanki, har birining o‘z nomi
    ...
  • Vitaminjon – sog‘liqqa kon

    Bir kuni Avitamini yo‘lga chiqibdi. Uzoq yo‘l yuribdi. Uni avval muzlatkichda yaxlatishibdi, keyin mayda bo‘laklarga ajratishibdi. Qozonda yog‘ga solib qovurishibdi. Yarimjon vitaminni likopchaga solib, ko‘katlar bilan bezatib, Olimjonning oldiga qo‘yishibdi. Ammo Olimjon A vitaminiga burilib ham qaramabdi. Chunki uni tanimas ekan-da. Aksincha, qo‘llari

    ...
  • Moziyga sayohat

    Bugun juda xursandman. Chunki ertaga ustozimiz boshchiligida sinfdoshlarimiz bilan afsonaviy, qadimiy Samarqand shahriga sayohatga boramiz. Qachon tong otar ekan, deb dam-badam soatga qarayman. Koshki, ko‘zga uyqu kelsa. Toshkentdan tashqariga chiqmaganim uchun yuragim hayajondan toshadi. Nihoyat tong otdi. Hammamiz maktab hovlisida kutib turgan avtobusga o‘tirdik. Mana Sirdaryo yo‘llarida

    ...
  • Sinovdan o‘tgan bolalar

    Bolalar maktabdan qaytishdi.

    – Oyi, bobom qanilar?

    – Xonalarida.

    Kamoliddin sumkasini oshxonada qoldirib, bobosining xonasi tomon yurdi. Jamoliddin akasining ketidan ergashdi.

    Nevaralari kelganini bilgan Mahmud bobo bu yil maktabga chiqqan Jamoliddinni sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi. Axir ularga odob-axloqdan qancha saboq berdi. Kattasining-ku ancha aqli kirib qoldi.

    ...
  • Andijonlik g‘oliblar

    Andijon dovrug‘ini dunyoga taratish andijonliklarga bobomeros. Istiqlolimizning dastlabki yillaridayoq Olimpiada chempioni bo‘lib o‘zbekning mushti qudratini jahonga ko‘rsatib qo‘ygan bokschi Muhammadqodir Abdullayev ham Andijon o‘g‘loni. Bugun, O‘zbekiston boksi, deganda dunyo ahli qulog‘i ostida “Andijon boks maktabi”, degan sado yangraydi.

    Aka-uka Dostonbek va Rahmatulloh

    ...
  • Ota va ona

    Navoiy o‘xshatdi Oy va Quyoshga,

    Buyuk hurmat ila bu ikki zotni.

    Olamni axtarib topmoqlik gumon,

    Ular farzandiga bergan qanotni.

     

    Ulardan o‘rganib hayot sabog‘in,

    Adashmay boramiz umr yo‘lidan.

    Bu qadar fidoyi murabbiylik ham

    Kelar faqatgina ular qo‘lidan.

     

    Umida

    ...
  • Suyuk Vatan

    Yuragimni quchoqlab olgan,

    Nafasimday aziz nafasi.

    Borlig‘imga ishqini solgan,

    Tuprog‘imdan keladi sasi.

     

    Shodlik bilan uyg‘onadi tong,

    Mehrin sochib butun olamga.

    Sahar urib ezgulikdan bong,

    Zavq beradi hazrat odamga.

     

    Bu iqbolim, bu mening so‘zim,

    Vafosidan ulg‘aygan jon-tan.

    Shu

    ...
  • Qishboboning qalami

    Shodlik, tabassumga burkandi olam,

    Qordek oppoq, qordek toza har ko‘ngil.

    Qishbobo qo‘lida sehrli qalam,

    Orzu va shodlikka to‘lsin ushbu yil.

     

    Cheksiz quvonch bilan, hayajon bilan

    Quchoq ochib kutib oldik barchamiz.

    Keyingi yilga deb yig‘ib, avaylab,

    Yerto‘laga solib qo‘ydik archamiz.

     

    Qunduzoy

    ...
  • Berkinmachoq

    Quyosh tog‘lar ortidan

    Ohista mo‘ralaydi.

    Keyin bilsam oy bilan

    Berkinmachoq o‘ynaydi.

     

    G‘irrom qilma, ey quyosh,

    Oymomoga aytaman.

    Boshqa mo‘ralamasang,

    So‘ng so‘zimdan qaytaman.

     

    Navro‘za TURSUNOVA,

    Sirdaryo viloyati Guliston shahar 6-maktab 7-sinf

  • Qish so‘ngida

    Tabiat burkanar oppoq qorlarga,

    Daraxtlar ham eski to‘nin yechishar.

    Gul-giyoh uyquda, faqat biz uyg‘oq,

    Bolalar kun bo‘yi chana uchishar.

     

    Qish oxirlab asta sumalak yig‘lar,

    Daraxtlar tanini qitiqlar quyosh.

    Bahorga oz qoldi, qorlar ham tindi,

    Ko‘p o‘tmay maysalar ko‘taradi bosh.

     

    Ozodbek

    ...
  • Ustoz

    Tong chog‘ida chiqarkan quyosh

    Yo‘llarida gullar intizor.

    Ustozni ham kutamiz bizlar,

    Umid bilan shodon, baxtiyor.

     

    Ulg‘aytirar bizni zakovat,

    Kuch, quvvatdir bilimlar sehri.

    Juda go‘zal hayotning zavqi,

    Onam kabi ustozning mehri.

     

    Gulzoda O‘RINBOYEVA,

    Farg‘ona viloyati

    ...
  • Buyuk bobolar

    Sizlar ekkan nihol mo‘l hosil berdi,

    Dillarda ma’rifat shamin yoqdingiz.

    Siz hazrat Navoiy – g‘azal sultoni,

    Yo Ulug‘bek bo‘lib ko‘kdan boqdingiz.

     

    Tabobat ilmida qancha kashfiyot –

    Ibn Sino yoqqan aql mash’ali.

    Ulug‘ Sohibqiron Temur bobomdek

    Sarkardani dunyo ko‘rmagan hali.

     

    Buyuk bobolarim – ko‘kda

    ...
  • Ertaklar

    Tosh otganga osh otar

    Uch og‘ayni botirlar.

    Doim xizmatga shaydir,

    Ezgulikka qodirlar.

    Qo‘ldan qo‘ymay o‘qiymiz,

    “Qirq kuyov”, “G‘ulom Polvon”,

    Zumradoy hamda Qimmat

    Yana donishmand cho‘pon.

    Zolimlarni yo‘q qilib

    Malikayi Husnobod,

    Bo‘ldi, zulmatga chiroq

    Yurtini etib obod.

    Suv qizi ham bor

    ...
  • Gilos

    Sharbat uchun men va Ilyos

    Terdik gilos.

    Kulib-kulib mazza qilib

    Yedik biroz.

    Olti tupdan yetti chelak

    Gilos chiqdi.

    Uch chelagin qozonchaga

    Yuvib siqdim.

    Qolganidan bir chelagin

    Oldi qo‘shnim.

    Bizga qancha gilos qoldi

    Top-chi, do‘stim?

     

    Muxtasar

    ...
  • Qalam

    She’rlar yaratilib qalam yemrildi,

    Nuqul shoir so‘zlar, qalam esa jim.

    Beminnat xizmatin ayting, kim bildi?

    Men ham to‘xtamayin she’r yozaverdim.

     

    Ming rahmat aylasam tilsiz qalamga

    Ko‘nglimdan tuyg‘ular yulinib ketmas.

    Bizni qamrab olgan nurli olamga

    Shoirlar she’rini qalamsiz bitmas.

     

    Durdona

    ...
  • Shuningdek... (2018-yil 2-son)

    Shuningdek, sahifamizga Navoiy viloyati Xatirchi tumani 74-maktab 5-sinf o‘quvchisi Nodirbek G‘ulomov, Xorazm viloyati Shovot tumani 51-maktab o‘quvchilari Munisa Yo‘ldosheva, Asadbek Yusufboyev, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani 75-maktab 6-sinf o‘quvchisi Xurshida Boymirzayeva, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani 81-maktab 5-sinf

    ...
  • Chempionlik sururi

    Futbolga ozgina bo‘lsa-da mehri tug‘ilgan o‘smir borki, shu yilning 9-27-yanvar kunlari Xitoy yashil maydonlarida o‘tkazilgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini katta hayajon bilan tomosha qildi. Quvnadi, hayajonga tushdi, kerak bo‘lsa, futbolchilarimizga qo‘shilib ming to‘siqlardan birga o‘tdi. Bir so‘z bilan aytganda, ana shu kunlar haqiqiy ma’noda bizga

    ...
  • G‘alabaga ilk qadam

    G‘alabaga shunchaki erishilmaydi. Unga yetishishda mashaqqatli mehnat, yuksak ishtiyoq va eng muhimi, qulay sharoitning o‘rni beqiyos. Mana shu pog‘onalarda qiyinchiliklarga dosh berib, vaqtini besamar o‘tkazmagan sportchigina “chempion” degan unvonga erishadi. Millati, oilasi faxriga aylanadi. Aka-uka Bobur va Jahongir Mo‘minqulovlar ana shunday mehnatlari natijasida barchaga o‘rnak, namuna

    ...
  • To‘rtko‘z

    Davomi. Boshi bu yerda

     

    Kuz o‘tib qish kelganda To‘rtko‘z ancha ko‘zga tashlanib qoldi. Bolalar sovuqda muzlagan hovuzda sirpanar, goho hokkey o‘ynardi. Ana shunday paytlarda ular bilan yonma-yon yugurardi.

    Abduvalining tushunib bo‘lmaydigan odatlari bor. Mazza qilib hokkey o‘ynayotganlarida mushugini

    ...
  • Sehrli ovoz sohibi

    Bolalikda hammamiz teleekran orqali namoyish etilayotgan g‘aroyib, quvnoq va qiziqarli multfilmlarni sevib tomosha qilamiz. Ular orqali yaxshi va yomonni, ezgulik va yovuzlikni, oq va qorani ajrata oladigan, farqlaydigan bo‘lamiz. Demak, hayotda yaxshi inson bo‘lib yetishishimizda multfilmlar alohida ahamiyatga ega ekan.

    Keyingi paytlarda xorijda yaratilayotgan animatsion

    ...
  • Arifmetik amallar

    Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Qadim o‘tgan zamonda Hisob boboning to‘rt nafar o‘g‘li bor ekan. Ular hech bir ish bilan shug‘ullanishmas, vaqtlarini bekorchilik bilan o‘tkazar ekanlar. Bir kuni og‘a-inilar bir masalada uzoq tortishib qolib, otalaridan so‘rashibdi:

    – Otajon, aytingchi, nega shu paytgacha birortamizga aniq ism qo‘ymagansiz. Qachongacha bizni to‘ng‘ich, o‘rtancha, kenja,

    ...
  • Изучаем русский язык (2018-yil 2-son)

    000

  • The lion and the rabbit

    Aziz o‘quvchilar!

    Tanlov shartlariga ko‘ra sizlardan ushbu hikoyaning o‘zbek tilidagi to‘g‘ri tarjimasini kutib qolamiz!


     

    A cruel lion lived in the forest. He killed and ate a lot of animals every day.

    The other animals were afraid – the lion would kill them all. The animals

    ...
  • Meni mehnat asraydi

    Qadim o‘tgan zamonda uzoq o‘rmon chekkasida bir kampir yashar ekan. Uning chog‘roqqina hovlisining bir tomonida anhor, bir tomoni chakalakzor, orqa tomonida esa jarlik bor ekan. Kampir bukchayib qolganiga qaramasdan juda mehnatkash ekan. U: “Meni mehnat asraydi, men mehnatni asrayman”, degan hikmatni qo‘shiqdek takrorlab yurarkan.

    Bahor kelib, tabiat yam-yashil libosini kiyib chiroy

    ...
  • Vatanim

    Elim, shukur baxtlisan,

    Humo bilan sirlashding.

    Mehmondo‘stsan, tantisan,

    Dunyo bilan do‘stlashding.

     

    Gullayvergin, yashnagin,

    Pok imonli Vatanim.

    Kamolotga boshlagin,

    Keng imkonli Vatanim.

     

    Farzandlaring barkamol,

    Sport, san’at, ilmda.

    O‘zbek g‘olib, sarbaland,

    London, Parij-u

    ...
  • Bag‘ishlov

    Tong otmoqda, mayin shabboda,

    Tanimni ohista quchar, erkalab.

    Zilol suv misoli marvaridshoda,

    Barchasi o‘zgacha bo‘lar ertalab.

     

    Quyosh ham erinib ochgach ko‘zini,

    Uyatdan qizarib, asta nur sochar.

    Undan-da avvalroq yerning yuzini,

    O‘zbekning orasta kelini “ochar”.

     

    Sho‘x-shodon, anvoyi gullar ham bu

    ...
  • Zeboning mehri

    Zebo darsda ustozin

    Adashib “dada”, dedi.

    O‘zi sevgan mavzudan

    Savol bermoqchi edi.

     

    Demak, qizcha dadasin

    Dildan yaxshi ko‘radi.

    Uni ulkan tog‘lardek

    Suyanchiq, deb biladi.

     

    Qarang, uning qalbini,

    Obod etgan ezgulik.

    Ustoziga ilindi,

    Qalb mehridan bir

    ...
  • Maktabim

    Salom qutlug‘ dargoh, ey aziz maktab,

    Ilm-u fan maskani, tabarruk makon!

    Senda o‘rganamiz bilim va odob,

    Bilim – yetaklaydi yuksaklik tomon.

     

    Keldik o‘qimoqqa – seni sog‘inib,

    Mehribon onadek och quchog‘ingni.

    To‘lib zavq-u shavqqa, orzular yuksak,

    Simirgali keldik fan bulog‘ingni.

     

    Sendan boshlanadi

    ...
  • Zog‘ora baliq

    Bir kuni Botir bilan Diyor baliq oviga bormoqchi bo‘lishdi. “Yo‘q, men borolmayman”, deyishiga qaramay Samandarni ham birga olib yo‘lga tushishdi. Tonggi shudring qo‘ngan chimzor xuddi marjondek tovlanar, Samandarning biroz tobi bo‘lmagani uchun salqin havo etini junjiktirardi.

    – Namuncha shumshaymasang, – Samandarning tirsagidan turtdi Botir.

    – Bunaqada sen baliqnimas, baliq

    ...
  • She’riyat bayrami

    Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 270-maktabda g‘azal mulkining sultoni, buyuk bobolarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan “Abadiyat farzandi” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Maktab o‘quvchilarining ota-onalari, mahalla faollari hamda bolalarning sevimli “Gulxan” jurnali ijodkorlari ishtirok etgan mazkur tadbirda o‘quvchilar

    ...
  • Kutubxonamiz boyidi

    Har yili maktabimiz tomorqasiga pomidor, bodring, handalak va oshqovoq ekiladi. Uni, asosan, maktab o‘quvchilari parvarish qiladi. Dehqonchilikdan tushgan mablag‘ maktabimiz ehtiyojlariga ishlatiladi. Bizning sinfimizga ham maktab issiqxonasidan joy ajratilgan. Ekinlardan mo‘l hosil olish uchun biologiya fani ustozimizdan kerakli maslahat olamiz. Hammamiz birday astoydil mehnat

    ...
  • Ochofatning orzusi

    Uyga mehmon kelganda

    Xontaxtamiz to‘ladi!

    Ular shunday mazali,

    Meni maftun qiladi.

     

    Mehmonga-chi hayronsan,

    Oling, desak olmaydi.

    Shu gapni nega menga

    Oyim ayta qolmaydi.

     

    Bo‘ri va’dasi

     

    Bo‘ri dermish dengizda:

    – Bo‘lgim kelar qaroqchi.

    Mana qarang

    ...
  • “Navoiyga ta’zim” krossvordi

    000

     

    Eniga: 1. Alisher Navoiy tavallud topgan shahar. 2. Hirot hukmdori, Abulqosim... 4. Shox va shoir. 8.“Bade’ul-vasat” devoniga kiritilgan chistondan biri. 9.“Shashmaqom” tarkibidagi uchinchi maqom.

    ...
  • Uyquchi – ikkichi

    Orangizda uyquni yaxshi ko‘radigan, darsga kechikib, ustozidan dakki eshitadigan, nonushtasiz, darsliklarini chala-chulpa papkaga joylab, ust-boshiga ham qaramasdan maktabga keladigan o‘quvchilar uchrab turadi.

    Xo‘sh, erta turish uchun nima qilish kerak, deb o‘ylaysiz? Buning yo‘li oson. Birgina oddiy misol yordamida buni tasniflashga harakat qilaylik. Deylik, siz har kuni ertalab

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.