Suyuk Vatan
Yuragimni quchoqlab olgan,
Nafasimday aziz nafasi.
Borlig‘imga ishqini solgan,
Tuprog‘imdan keladi sasi.
Shodlik bilan uyg‘onadi tong,
Mehrin sochib butun olamga.
Sahar urib ezgulikdan bong,
Zavq beradi hazrat odamga.
Bu iqbolim, bu mening so‘zim,
Vafosidan ulg‘aygan jon-tan.
Shu boisdan ochiboq ko‘zim,
Dedim suyuk, onajon Vatan.
Mashhura AHMADJONOVA,
Namangan viloyati Uychi maishiy xizmat kasb-hunar kolleji o‘quvchisi