Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qishboboning qalami

Shodlik, tabassumga burkandi olam,

Qordek oppoq, qordek toza har ko‘ngil.

Qishbobo qo‘lida sehrli qalam,

Orzu va shodlikka to‘lsin ushbu yil.

 

Cheksiz quvonch bilan, hayajon bilan

Quchoq ochib kutib oldik barchamiz.

Keyingi yilga deb yig‘ib, avaylab,

Yerto‘laga solib qo‘ydik archamiz.

 

Qunduzoy YUSUPOVA,

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.