Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Vatanim

Elim, shukur baxtlisan,

Humo bilan sirlashding.

Mehmondo‘stsan, tantisan,

Dunyo bilan do‘stlashding.

 

Gullayvergin, yashnagin,

Pok imonli Vatanim.

Kamolotga boshlagin,

Keng imkonli Vatanim.

 

Farzandlaring barkamol,

Sport, san’at, ilmda.

O‘zbek g‘olib, sarbaland,

London, Parij-u Rimda.

 

Hayot kundan-kun go‘zal,

Charog‘ondir istiqbol.

Shunday davronni bergan,

Mangu bo‘lsin istiqlol.

 

Ahmad HAYDAROV,

Buxoro shahar 5-bolalar musiqa va sanat maktabi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.