Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Maktabim

Salom qutlug‘ dargoh, ey aziz maktab,

Ilm-u fan maskani, tabarruk makon!

Senda o‘rganamiz bilim va odob,

Bilim – yetaklaydi yuksaklik tomon.

 

Keldik o‘qimoqqa – seni sog‘inib,

Mehribon onadek och quchog‘ingni.

To‘lib zavq-u shavqqa, orzular yuksak,

Simirgali keldik fan bulog‘ingni.

 

Sendan boshlanadi o‘qib-o‘rganish,

Bilim egallashning eng avj pallasi.

Sen qutlug‘ dargohsan, aziz maktabim,

Sendan boshlanadi yurtning ertasi.

 

Eshniyoz BURHONOV,

Qashqadaryo viloyati

Chiroqchi tumani 34-maktab

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.