Zeboning mehri
Zebo darsda ustozin
Adashib “dada”, dedi.
O‘zi sevgan mavzudan
Savol bermoqchi edi.
Demak, qizcha dadasin
Dildan yaxshi ko‘radi.
Uni ulkan tog‘lardek
Suyanchiq, deb biladi.
Qarang, uning qalbini,
Obod etgan ezgulik.
Ustoziga ilindi,
Qalb mehridan bir “tilik”.
Saydulla QOPLONOV,
Jizzax viloyati Baxmal tumani
11-maktab