Ochofatning orzusi
Uyga mehmon kelganda
Xontaxtamiz to‘ladi!
Ular shunday mazali,
Meni maftun qiladi.
Mehmonga-chi hayronsan,
Oling, desak olmaydi.
Shu gapni nega menga
Oyim ayta qolmaydi.
Bo‘ri va’dasi
Bo‘ri dermish dengizda:
– Bo‘lgim kelar qaroqchi.
Mana qarang yuribman,
Bo‘lib oddiy bo‘yoqchi.
Men o‘zimni hech qachon,
Kamsuqumman, demayman.
Lekin qayiq berishsa,
Uch kun quyon yemayman.
Naima ANVAROVA,
Toshkent viloyati Chinoz tumani