Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Buyuk bobolar

Sizlar ekkan nihol mo‘l hosil berdi,

Dillarda ma’rifat shamin yoqdingiz.

Siz hazrat Navoiy – g‘azal sultoni,

Yo Ulug‘bek bo‘lib ko‘kdan boqdingiz.

 

Tabobat ilmida qancha kashfiyot –

Ibn Sino yoqqan aql mash’ali.

Ulug‘ Sohibqiron Temur bobomdek

Sarkardani dunyo ko‘rmagan hali.

 

Buyuk bobolarim – ko‘kda yulduzlar

Aziz siymosiga maftun boqaman.

Men ham bir niholman ushbu bo‘stonda,

Yurakda ma’rifat shamin yoqaman.

 

Malika ALLAYEVA,

Toshkent shahar Yashnobod tumani

231-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.