Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ertaklar

Tosh otganga osh otar

Uch og‘ayni botirlar.

Doim xizmatga shaydir,

Ezgulikka qodirlar.

Qo‘ldan qo‘ymay o‘qiymiz,

“Qirq kuyov”, “G‘ulom Polvon”,

Zumradoy hamda Qimmat

Yana donishmand cho‘pon.

Zolimlarni yo‘q qilib

Malikayi Husnobod,

Bo‘ldi, zulmatga chiroq

Yurtini etib obod.

Suv qizi ham bor ekan,

U suvga do‘st-yor ekan.

Barcha-barcha ertaklar

Yaxshilikka yetaklar.

 

Sevinchxon ABDUSAIDOVA,

Angren shahar 8-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.