Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Gilos

Sharbat uchun men va Ilyos

Terdik gilos.

Kulib-kulib mazza qilib

Yedik biroz.

Olti tupdan yetti chelak

Gilos chiqdi.

Uch chelagin qozonchaga

Yuvib siqdim.

Qolganidan bir chelagin

Oldi qo‘shnim.

Bizga qancha gilos qoldi

Top-chi, do‘stim?

 

Muxtasar KARIMOVA,

Toshkent viloyati Bekobod tumani

6-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.