Qalam
She’rlar yaratilib qalam yemrildi,
Nuqul shoir so‘zlar, qalam esa jim.
Beminnat xizmatin ayting, kim bildi?
Men ham to‘xtamayin she’r yozaverdim.
Ming rahmat aylasam tilsiz qalamga
Ko‘nglimdan tuyg‘ular yulinib ketmas.
Bizni qamrab olgan nurli olamga
Shoirlar she’rini qalamsiz bitmas.
Durdona TURSUNOVA,
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani
54-maktab 10-sinf