Kutubxonamiz boyidi
Har yili maktabimiz tomorqasiga pomidor, bodring, handalak va oshqovoq ekiladi. Uni, asosan, maktab o‘quvchilari parvarish qiladi. Dehqonchilikdan tushgan mablag‘ maktabimiz ehtiyojlariga ishlatiladi. Bizning sinfimizga ham maktab issiqxonasidan joy ajratilgan. Ekinlardan mo‘l hosil olish uchun biologiya fani ustozimizdan kerakli maslahat olamiz. Hammamiz birday astoydil mehnat qilamiz.
Bu yilgi daromaddan sinf rahbarimiz Mahbuba Rahmonova bilan kengashib, maktab kutubxonasiga yangi kitoblar sovg‘a qildik. Mehnatlarimiz evaziga maktabimiz kutubxonasi boyiganidan, barcha o‘quvchilar birdek foydalanayotganidan judayam xursandmiz.
Dilshodbek RAHMATULLAYEV,
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani
13-maktab 9-sinf