Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Dil elchisi

  • She’riyat bayrami

    Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 270-maktabda g‘azal mulkining sultoni, buyuk bobolarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan “Abadiyat farzandi” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Maktab o‘quvchilarining ota-onalari, mahalla faollari hamda bolalarning sevimli “Gulxan” jurnali ijodkorlari ishtirok etgan mazkur tadbirda o‘quvchilar

    ...
  • Kutubxonamiz boyidi

    Har yili maktabimiz tomorqasiga pomidor, bodring, handalak va oshqovoq ekiladi. Uni, asosan, maktab o‘quvchilari parvarish qiladi. Dehqonchilikdan tushgan mablag‘ maktabimiz ehtiyojlariga ishlatiladi. Bizning sinfimizga ham maktab issiqxonasidan joy ajratilgan. Ekinlardan mo‘l hosil olish uchun biologiya fani ustozimizdan kerakli maslahat olamiz. Hammamiz birday astoydil mehnat

    ...
  • Bahorni yetaklab kelgan shoiram

    O‘lkamizga go‘zal bahor kirib kelib, dilimizni ravshan qilgan 1-mart kuni o‘zbek adabiyotida chiroyli bayram bo‘ladi.

    Shu kuni barcha she’riyat, adabiyot shaydolari xalqimizning suyukli ijodkori, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tug‘ilgan kunni tantanali nishonlaydi.

    Ana shunday tadbir bizning maktabimizda ham bo‘lib o‘tdi. “Vafo va sadoqat kuychisi” deb nomlangan adabiy

    ...
  • Endi kitob o‘qiyman

    Yaqinda maktabimizning boshlang‘ich sinflari o‘rtasida “Kitob bilim beradi, bilim baxt keltiradi” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilar ertak qahramonlari qiyofasida yaxshilik, ezgulikka undovchi ertaklarni ko‘proq o‘qish kerakligini aks ettirishdi. Ayniqsa, “Kitobga mehr oiladan boshlanadi” deb nomlangan sahna ko‘rinishi yig‘ilganlarga ma’qul bo‘ldi. O‘quvchilar kitob o‘qib

    ...
  • Uyimizda bayram bo‘lib ketdi

    Opam Marjona 8-sinfda, ukam Mashhurbek 4-sinfda o‘qiydi. Ota-onamiz bizga Lolaxon ammam Tojikistonda yashashini, ularning Zokirjon, Zohidjon, Zafarjon degan o‘g‘illari, Zulfiya ismli qizlari borligini aytishgan. Biroq ikki davlat o‘rtasidagi chegaralar yopiqligi bois, ulardan xabar ololmayotganlaridan xafa bo‘lishardi. Prezidentimiz sa’y-harakatlari bilan ikki davlat – O‘zbekiston va

    ...
  • Tengdoshlarim qatori

    Vatanimizda bo‘layotgan o‘zgarishlarni ta’riflab yakuniga yetib bo‘lmaydi. Chunki yurtimiz kundan-kun chiroy ochib, obodonlashib bormoqda. Men ham barcha tengdoshlarim qatori Yurtboshimizning yoshlarga berayotgan e’tibor va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga harakat qilyapman. Maktabda matematika, ona tili va adabiyot, ingliz tili to‘garaklariga muntazam qatnashaman. “Yoshlar” sport

    ...
  • Kitob bayrami

    Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 13-maktabda “Kitob insonni ezgulikka yetaklaydi” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Unda “Gulxan” jurnali xodimlari va o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etdi. Adabiy kechada o‘quvchilar inson hayoti davomida kitobning o‘rni nechog‘liq ahamiyatga ega ekani haqidagi tushuncha va taassurotlarini mahorat bilan namoyish etdilar. Ayniqsa,

    ...
  • Hunarim – hurmatim

    Bu yilgi yozgi ta’til men uchun juda samarali o‘tadigan bo‘ldi. Qanday qilib deysizmi? O‘quv yili oxirlab qolgan kunlarda maktabimizda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida “Kim bo‘lsam ekan?” degan mavzuda tanlov bo‘lib o‘tdi. Ustozning aytishicha, odam kichkinaligidanoq kim bo‘lishni o‘ylashi, unga qanchalik layoqatli ekanligini bilishi va mahoratini oshirib borishi kerak ekan. Shundagina

    ...
  • Yangi yutuqlar sari

    Bizning bolalar musiqa va san’at maktabimiz 1976-yilda tashkil qilingan. Dastlab faqat musiqa yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, endilikda tarkibiga An’anaviy xonandalik, Xalq cholg‘ulari, Rassomlik, Milliy raqs va Milliy hunarmandchilik san’ati yo‘nalishlari ham qo‘shilgan. Unda Qarnab ota qishlog‘ida yashaydigan 125 nafar iqtidorli, iste’dodli bolalar tahsil oladi. Har oyda bir marta

    ...
  • Biz chempion bolalar

    Zabt etarmiz marralar,

    Chempion ming karralar,

    Ovozamiz taralar,

    Biz chempion bolalar.

     

    Mashqlarda toblanamiz,

    Sinovga chogʻlanamiz,

    Quvnaymiz, shodlanamiz

    Biz chempion bolalar.

    Murabbiylar oʻrgatar,

    Yuksaklarni koʻzlatar,

    Tilim biyron soʻzlatar

    Biz chempion

    ...
  • Vatan degani

    Maktabda “Vatan tuyg‘usi” degan fan o‘tilardi. O‘sha kitobga men nodon bepisand qaraganman. O‘zimcha,  Vatan, Vatan tuyg‘usi nima ekanligini juda yaxshi bilaman, deb yurgan ekanman. Lekin, bugun shuni anglab yetdim-ki, men o‘shanda qattiq adashgan ekanman.

    Vatan tushunchasi mening tasavvurimdagidan ancha keng ekan. Qishlog‘imiz, mahallamizdagi uylar, bog‘lar, Baxmal olmalari,

    ...
  • “Qutadg‘u blig”ni o‘rgana boshladim

    Men Uchtepa tuma­nidagi 283-maktabning 5-sinfida o‘qiyman. Badiiy adabiyotga juda qiziqaman. Mak­tabimizdagi “Tug‘yon” ijodiy to‘garagiga a’zo­­­man. To‘garak rah­bari, maktabimiz targ‘ibotchisi Xursandoy Otaboyeva bizni ko‘plab ijodiy maskanlarga, teatr va muzeylarga olib boradilar.    Adiblar xiyobonida juma kunlari tashkil etiladigan “Xiyobon

    ...
  • Yil bo‘yi hamroh

    Dars tugashi bilan maktabimiz ku­tubxonasiga boraman. U yerda turli matbuot nashrlari bor. Ular orasidan “Gulxan”ni sevib o‘qiyman. Chunki unda  maktab   hayoti, o‘rnak olsak arziydigan yangiliklar, tengdoshlarim  erishayotgan muvaffaqiyatlar haqida qiziqarli hikoyalar bor.  Jurnal sahifalaridagi  “Mashhurlar bolaligi”, “Iste’dod – millat mulki”, “Odob

    ...
  • Yashil boylik – keltirar sog‘lik

    Tabiat musaffoligini saqlashda o‘simliklar olamining o‘rni katta. Ular inson uchun zarur bo‘lgan toza havo – kislorod chiqaradi. Shu bois ota-bobolarimiz azaldan ko‘chat ekib, bog‘ yaratib kelgan. Bu an’ana “Yashil hudud” umummilliy loyihasi asosida hozir ham davom etmoqda.

    Biz yaqinda tabiat qo‘yniga sayohatga chiqdik. Zomin adirlaridagi toshlar orasida ko‘karib turgan archa

    ...
  • “Davra”ning davrasi kengaydi

    Yashnobod tumanidagi 170-maktabda kitob­xonlik targ‘iboti muntazam olib borilmoqda. Turfa adabiyotlar bilan boyitilgan kutubxonamizda o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan mutolaa soatlari, “Zukko kitobxon”, “Men sevgan adib”, “Bir asar tarixi” va boshqa mavzularda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy-adabiy kechalar o‘tkazib turish odat tusiga aylangan. Bu xayrli loyihalar barcha

    ...
  • “Istiqlol”ning quvnoq kunlari

    Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiya­dorlik jamiyatiga  qarashli “Istiqlol”  bolalar sog‘lom­lash­tirish oromgohi Zomin tumanining  xush­manzara  tog‘larida  joylashgan. Hozir ikkinchi bosqichda 210 nafar bola dam olmoqda. Hordiq kunlari maroqli o‘tishi  uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. “Mohir qo‘llar”, “Yosh rassomlar”, ingliz tili,

    ...
  • Tabiat tabib ekan…

    Men tabiat qo‘ynida rasm chizishni yoq­tiraman. Ayniqsa, bahorda dala-qirlarda yash­nagan ko‘m-ko‘k maysalarni ayt­may­sizmi...

    Birsam, maysalar shitir-shitir qildi. Qarab tursam, bir mushuk bazo‘r sudralganicha maysalarni saralab-saralab, hidlab yeyapti. “Axir, mushuklar go‘shtxo‘r hayvon-ku”, deb hayron bo‘ldim. “Balki, qorni ochib, majburligidan

    ...
  • E’tibordan mamnunmiz

    Tog‘lar bag‘rida joylashgan so‘lim Angren shahrida yashayman. Men yashayotgan jannatmakon go‘sha, ayniqsa, bahor, yoz fasllarida naq ertakdagi Susambilni eslatadi. Men judayam omadli, baxtli qizman. Chunki shunday afsonaviy go‘zal go‘shada tug‘ilib, obod xonadonda ulg‘aymoqdaman.

    Ta’til boshlanishi bilan o‘quv dargohi­mizda ta’mirlash ishlari avj oldi. Yozning jazirama kunlarida

    ...
  • Dadil qadamlar

    Hash-pash deguncha, yoz­gi ta’til ham o‘tib ketdi. O‘tgan yili ta’til boshida bu­vim, onam, opam va ukam bilan Marg‘ilon shahrida joylashgan Er­kin Vohidov nomidagi ijod maktabiga borgandik. Mak­tab Ijodkorlar bog‘iga ulangan bo‘lib,  uning mar­kazida yurtimizning sevimli farzandi, O‘zbekiston qahramoni shoir Erkin Vohidovning haykali o‘rnatilgan. Nimagadir o‘shanda

    ...
  • Nega gazeta-jurnal o‘qimaysiz?

    Tumanimizdagi “Barkamol avlod” bola­lar maktabining “Jurnalistika va notiqlik” tо‘garagi о‘quvchisiman. Maktabimiz bir nech­ta gazeta va jurnallarga obuna bо‘lgan. Bosma ommaviy axborot vositalari  bilan muntazam tanishib boraman. Chunki bugunning eng ishonchli xabarlarini, tah­liliy, tarbiyaviy ma­qolalarni matbuot orqali kо‘rishimiz mumkin. “Yoshlik”, “Tong yulduzi”,

    ...
  • Men izlanishdaman

    2020-yil G‘u­zor tuma­ni­da­gi 34-maktabni tamomladim. Ammo maktabni tugatishim ka­ran­tin davriga to‘g‘ri keldi. Koronavirus ko‘pchilik qatori bizning oila uchun ham sinovli kechdi. Maktabni kumush medal bilan tugatgan bo‘lsam-da, o‘qishga kirolmadim. Ayrimlar “Medalni sotib olgansan, biliming bo‘lganda o‘qishga kirarding”, deb ta’na qilishdi.

    Shunday

    ...
  • O‘ylashga undagan “Gulxan”

    Eng sevimli jurnalim “Gulxan”jon, sen bilan bir yil davomida birga bo‘ldim. Hayotimning eng yaxshi kunlari sen bilan o‘tdi. Hatto, erta tongni sen bilan qarshi oldim, kechki mutolaamni ham sen bilan yakunladim.

    Bilasanmi, 2023-yil men uchun mu­vaffaqiyatlarga boy, sermazmun bo‘ldi.

    Negaki Buyuk Britaniya va Amerikada 10 dan ortiq antologiyalarda ijodiy ishlarim chop

    ...
  • Rag‘batda “Qashqadaryo tajribasi”

    Men O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati “Ittifoq” sardoriman. Yaqinda viloyatimizda “Hokim va yoshlar” uchrashuvi bo‘lishini eshitib, unda ishtirok etishga qaror qildim. Uchrashuvda viloyat hokimi  yoshlardan taklif va muammolari haqida so‘radilar. Men avvaldan o‘ylab yurganim – eng iqtidorli va namunali maktab o‘quvchilariga “Viloyat hokimi stipendiyasi”ni joriy etish

    ...
  • Qalbimga huzur onam

    Qadrli obunachilar!

    Telegram kanalimizda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayolga maktub” nomli tanlov o‘tkazilganidan xabaringiz bor-a?

    Ha, buni bizga kelgan xatlarning sonidan bilib olish mumkin. Qisqa muddatda o‘kazilgan tanlovimizga 50 dan ortiq onlayn maktublar qabul qildik. Ularning ichidan 30 dan ortig‘i “Sara

    ...
  • Eng yaxshi muallim

    Men to‘rtinchi sinfda o‘qiyman. Sizlarga birinchi us­tozim Bibirobiya opa haqi­da yozgim keldi. Maktabga kelganimdanoq sinfdoshlarim qatori ustozimning har bir topshiriq va vazifalarini jon-jahdim bilan bajarishga kirishdim. Har gal ustozimdan maqtovlar eshitish menga  bir olam quvonch bag‘ishlar, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqim yanada ortar edi. Afsuski...

     Ikkinchi

    ...
  • Vatan

    Vatanni onaga tenglashtiramiz. Bunda hech mubolag‘a yo‘q. Oilaga ham qiyoslaymiz. Har birimizning boshpana uyimiz ham mo‘jaz bir vatandir. Jamiyat makonsiz bo‘lolmaganidek, makon jamiyatsiz huvillab qoladi. Oilam, uyim, mahallam, qishlog‘im, do‘stlarim – barcha-barchasi suyukli vatan timsolida yuksak qadr-qimmatga ega. Ularni bir kun ko‘rmasam sog‘inaman, qo‘msayman, qalbim o‘sha yoqqa

    ...
  • Sarhisob

    Ayni ta’til kunlarida o‘tgan o‘quv yilida erishgan yutuqlarimni sarhisob qilishga fursat topdim. 2023-2024-o‘quv yilini Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida boshladim. Maktabning tartibi, o‘qitish uslubi menga juda yoqdi. Yotoqxona va oshxonada gigiyena qoidalariga qattiq rioya qilinadi. Ustozlar bilimli, har bir o‘quvchiga o‘z farzandidek muomala qiladilar. Ayniqsa maktabimiz direktori

    ...
  • Matematika – fanlar shohi

    Hisob-kitob ishlarida ajdodlarimizning ilmiy salohiyati ancha yuqori darajada bo‘lgani ma’lum. Demak, ota-bobolarimizning ilmga tashna qaynoq qoni tomirimizda oqayotgani hamisha seziladi, 4-5 yoshar paytingizni eslang. Dasturxon atrofida oila a’zolaringizning soniga qarab nechta piyola qo‘yish kerakligini kichik yoshdan anglagansiz. Bu – oddiy matematika, xolos. Endi murakkab arifmetikani

    ...
  • Sovg‘a sehri

    Bundan sakkiz yil avval she’riyat neligini hali tuzukroq  bilmagan men­dek qiza­loqqa akasi sodda so‘zli, jo‘shqin bir shoirning kitobini berdi-yu, endi  unga shu kitobdan  boshqa hech narsa – na qo‘g‘irchoqning, na koptokning qizig‘i qolmadi. O‘sha kitobning muallifi mening sevimli shoirim Muhammad Yusuf edi. “Xalq bo‘l, elim” kitobini ilk marta qo‘limga olganimda

    ...
  • Oydin kunlar ilinji

    4-oktyabr – O‘zbekiston ta­ri­xidagi eng qayg‘uli sanalardan biri hisoblanadi. Aynan shu kun ko‘plab o‘zbek ziyolilari mil­latchilikda, Vatanga xiyonatda ayblanib, otib tashlandi.

    Har yili bu sana millatning qo‘lidan ushlab, iymon-e’ti­qodga, ilm-ma’rifatga, ziyoga yetaklagan G‘ulom Zafariy, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho‘lpon kabi ilm sohiblarining otuvga hukm qilingan

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.