Vatan degani
Maktabda “Vatan tuyg‘usi” degan fan o‘tilardi. O‘sha kitobga men nodon bepisand qaraganman. O‘zimcha, Vatan, Vatan tuyg‘usi nima ekanligini juda yaxshi bilaman, deb yurgan ekanman. Lekin, bugun shuni anglab yetdim-ki, men o‘shanda qattiq adashgan ekanman.
Vatan tushunchasi mening tasavvurimdagidan ancha keng ekan. Qishlog‘imiz, mahallamizdagi uylar, bog‘lar, Baxmal olmalari, Zomin tog‘lari, oppoq paxtazorlar, buvimning salqin supasi, tandirdan yangi uzilgan shirmoy nonlar, dalalardagi oltin boshoqlar yana bolalarning kulgusi, onalarning allasi, asosiysi, onajonim mangu orom topgan qabriston, onam bag‘riday haroratli beshik bularning barcha-barchasi Vatan ekan. Ona bitta, vatan yagona degani shu ekan.
Sevinch Abdurasulova,
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi
ijod maktabining 8-sinf o ‘quvchisi