Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2022-yil 8-son

  • Shaxmat olamining yosh sultonlari

    Dunyo osmonida momaqaldiroq,

    Xushxabar taraldi, quvonch – qo‘ng‘iroq,

    Yuraklarda yondi siz yoqqan chiroq,

    Shaxmat sharafining yangi shonlari,

    Yangi O‘zbekiston chempionlari!

     

    Bu aql charxidan sochilgan olov,

    Hindning Chennayida tikilgan yalov,

    Raqiblar sochini bosdi-ya qirov,

    Karuana bo‘zlab qolgan

    ...
  • Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga

    Qadrli shaxmatchilar!

    Aziz farzandlarim!

    Avvalo, siz, azizlarni va sizlarning timsolingizda ko‘pmillatli xalqimizni mamlakatimiz hayotida ulkan quvonchli voqyea – Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida har tomonlama munosib ishtirok etib, Olimpiada chempioni degan yuksak sharafga sazovor bo‘lganingiz bilan chin qalbimdan samimiy

    ...
  • Obod Vatanim

    “Topganing to‘yga buyursin”, “To‘ydan boshing chiqmasin”, “To‘yga to‘yona bilan”... Bu kabi ezgu tilaklar xalqimiz azaldan to‘yga, tantanaga yoki biror shodiyonaga astoydil tayyorgarlik ko‘rishi, biror sovg‘a bilan bir-birini xursand qilishga odatlanganini bildiradi. E’tiborlisi, xalqimizga xos ushbu odat davlatimiz siyosatida ham namoyon. Xususan, eng ulug‘, eng aziz ayyomimiz bo‘lmish

    ...
  • Ko‘z ochib yumgulik lahza

    Sahifamiz mehmoni – O‘zbek Milliy teatrining ustoz san’atkori, sahna va ekran olamida sermahsul ijodkor, o‘zbek dublyaj san’atining qirollaridan biri,  “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mahmud Ismoilov. Zabardast aktyor faoliyati davomida 100 dan ziyod sahna asarlarida turli obrazlarni gavdalantirgan. U

    ...
  • Medal muborak o‘g‘lon

    Siz Lazizbek Rajabboyevni taniysiz. Axir, zukko matematik, serg‘ayrat o‘quvchi, 63-Xalqaro matematika olimpiadasi bronza medali sohibini qanday bilmasligingiz mumkin?! Bugun tengquringizning iqtidori va kuch-g‘ayratini butun dunyo tan olmoqda.

    6-16-iyul kunlari Norvegiyaning Oslo shahrida bo‘lib o‘tgan 63-Xalqaro matematika olimpiadasida Lazizbek Rajabboyev O‘zbekiston sharafini

    ...
  • Mustaqillik madhi

    Vatan qadri

    Chashma qoshida tiniq suv

    Qadrini bilmas kishi,

    Sayr etib gulshanda gulni

    Ko‘ziga ilmas kishi.

    Vah, bu ne g‘aflatki inson –

    Ko‘ksida tutmish vatan,

    Kim vatan ichra vatanning

    Shukrini qilmas kishi.

    Yurt nedir, yurt dog‘i nedir,

    Yurtdan ayrilgan bilar,

    Anglaguvchi yurt

    ...
  • Yetim qo‘zi

    (boshi o‘tgan sonlarda)

    Ertalab  turishim bilan tog‘am:

    – Po‘latjon, yetim qo‘zining daragi topildi! – dedi. – Qo‘shni ovulning podasiga qo‘shilib ketibdi, zang‘ar. Choy-poy ichib olinglar, keyin Salomat bilan borib, olib kelasizlar.

    Tuni bilan menga uyqu bermagan, “O‘zini shoqol-u tulkilarga oldirmaydigan” o‘sha qo‘zini bir ko‘rsam edi! – degan

    ...
  • Yangi O‘zbekiston

    Davr-u davron keldi, o‘zgardi zamon,

    Buyuk kelajakka ko‘z tikar inson,

    Yurakda ishtiyoq, kuchli hayajon,

    Yo‘ling yorug‘ bo‘lsin, Yangi O‘zbekiston!

     

    Uchinchi renessans, yuksalish vaqti,

    Marraga yetishmoq yoshlarning ahdi.

    Yangi O‘zbekiston – Ona xalq baxti

    Yo‘ling yorug‘ bo‘lsin, Yangi

    ...
  • Antiqa javob

    Bir kuni ukasidan

    So‘rab qolibdi Hasan:

    – Konfet hamda pul bersam,

    Qay birini olasan?

    – Akajon, – der Husanboy.

    – Ishonsangiz so‘zimga,

    Yaxshisi, siz konfetni

    Solib qo‘ying og‘zimga.

    Pul sig‘adi cho‘ntakka,

    O‘rin qolmaydi gapga.

     

    Gulbahor Anvarova,

    Farg‘ona

    ...
  • Va’da

    Olis qishloq so‘lim go‘shada,

    Barpo bo‘ldi kattakon maktab.

    Keling do‘stlar yig‘ilsin barcha,

    Yoshlar bilan bayram nishonlab.

     

    Bunga sabab Eshpo‘lat bobom,

    Quruvchi-yu muhandis akam.

    Barchasining boshida turgan,

    Yurtboshimiz – Prezident bobom.

     

    Minnatdormiz barcha bolalar,

    Qolaversa, muallimlar

    ...
  • Qishlog‘im

    Ariqlarda jimirlaydi suv,

    Gullar misli kelinchak suluv.

    Novdadagi oppoq g‘unchalar,

    Bolarilar shaydo shunchalar.

    Tong saharda ochilsa gullar,

    Shudring taqib qo‘yar sirg‘alar.

    Qurilmoqda ko‘rkam binolar,

    Maktab, bog‘cha va xiyobonlar.

    Chor atrofi yashnagan chaman –

    Men tug‘ilgan qishloq shu

    ...
  • Opa

    Oqlikdan yaralgan sizning bag‘ringiz,

    Cheksiz yog‘dularning taftisiz opa.

    G‘amning neligini bilmang hech qachon.

    Siz mening dunyoda baxtimsiz opa.

     

    Mavluda OtaboYeva,

    Xorazm viloyati Bog‘ot tumani

    15- maktab 10-sinf

  • Oq yo‘l

    Jizzaxlik o‘quvchi – Mashhura Yoqubjonovaning she’rlarini o‘qir ekanman, uning o‘z aytar so‘zi, o‘ziga xos falsafasi borligiga amin bo‘ldim. U sodda, jo‘n holatlardan ham ma’no topib, she’r yoza oladi. “Yig‘ina boshlaydi xo‘rsinib oqshom”, “Ariqlar yosh boladek qiyqirishib oqadi”, kabi  chiroyli o‘xshatishlarini o‘qiganingizda she’riyatdagi badiiy obrazlardan unumli foydalana

    ...
  • Bir kitob o‘qidim

    Jurnalimizning may sonida “Yosh kitobxon” Respublika tanlovining 1-o‘rin sohibasi, Prezident sovg‘asi – “Spark” avtomashinasini qo‘lga kiritgan kitobxon qiz,  Buxoro shahridagi  30-maktabning  10-sinf o‘quvchisiMuxlisa Nasimovaning fikr-mulohazalari bilan tanishgan edingiz.Tanlov ishtirokchilariga  berilgan kitoblar

    ...
  • Anglaganim

    Deraza tokchasidagi gul so‘liy boshlaganda oyijonim tagini yumshatib, suv quyar ekanlar, uni “Chiroyligim”, deb barglarini silab qo‘ydilar. Ertalab turib qarasam, gul shunday yashnab ketibdiki, hatto shoxlarida ko‘pdan buyon kutayotganimiz g‘uncha ham bo‘y ko‘rsatibdi. Hovlimizdagi bo‘g‘otga in qurgan qushlar hammamizdan qochadi. Biroq akam ko‘rinishi bilan darrov yerga tushib pildirab yura

    ...
  • Maktab - mening hayotim

    Har bir kishining  tanlagan kasbi  uning hayot mazmunini belgilaydi. Odatda kasbni har kim har xil – kimdir ota-onasi xohishiga qarab, yana kimdir  kimgadir  havas qilib, kimdir kasbning  davr uchun dolzarbligi, yana  birov  esa  o‘z qiziqishi  va  layoqatiga  qarab tanlaydi. Odamda qiziqish  va  layoqatiga qarab  tanlangan

    ...
  • Vatan degani

    Maktabda “Vatan tuyg‘usi” degan fan o‘tilardi. O‘sha kitobga men nodon bepisand qaraganman. O‘zimcha,  Vatan, Vatan tuyg‘usi nima ekanligini juda yaxshi bilaman, deb yurgan ekanman. Lekin, bugun shuni anglab yetdim-ki, men o‘shanda qattiq adashgan ekanman.

    Vatan tushunchasi mening tasavvurimdagidan ancha keng ekan. Qishlog‘imiz, mahallamizdagi uylar, bog‘lar, Baxmal olmalari,

    ...
  • Beg‘ubor bolalik kuychilari

    Yaqinda chop etilganOymomabog‘ navolarito‘plami qo‘lingizga yetib borishiga ishonamiz. O‘zbekiston xalq artistiShermat Yormatov o‘z vaqtida ushbu kitob bilan tanishib, taqrizchi sifatida quyidagi mulohazalarni yozib bergan ekan. Taniqli kompozitorning “Oymomabog‘ navolari” qo‘shiqlar to‘plamiga  bildirgan fikrlari siz

    ...
  • Yoz - o‘tmoqda soz

    Oromgoh bag‘rida

    Yozgi ta’til onlarini so‘lim tog‘ bag‘ridagi “Koinot” oromgohida o‘tkazayotgan o‘g‘il-qizlarning shiori shunday: “Koinot”ga uchamiz – yulduzlarni quchamiz!

     Rang-barang tadbirlar, qiziqarli sport  musobaqalari, aqlni charxlovchi viktorinalar bolajonlarning maroqli va mazmunli dam olishiga zamin

    ...
  • O‘g‘irlangan kitob siri

    Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Bizning dorulomon zamonda Jamshid degan bola bor ekan. U kundalik darslarini tez-tez bajarib, keyin kitob o‘qishni yaxshi ko‘rar ekan. Vaqt o‘tib, Jamshid uyi va maktab kutubxonasidagi jami kitoblarni o‘qib bo‘libdi. Ertasi kuni endi qayerdan kitob topib o‘qisam ekan, deb xayol surib ketayotganida ko‘zi “Noyob kitoblar” deb yozilgan do‘konga tushibdi. Do‘konda

    ...
  • Qat’iyat sharofati

    Aziz o‘quvchi! Yodingizda bo‘lsa, jur­nalimizning 2021-yil 5-sonidagi “Sokinlik bag‘­ridagi tuyg‘ular” sarlavhali maqolada Aziza ismli rassom qiz haqida hikoya qilgan edik. Yaqinda uning buvisi Anifa opa tahririyatga qo‘ng‘iroq qilib: – “Gulxanjon”, bizda yana bir xushxabar bor.  Azizaning singlisi Ma­li­kabonu fortepiano bo‘yicha Rossiyada o‘tkazilgan xalqaro onlayn

    ...
  • Jazirama kunlarda

    Bobo-buvilarimiz “Suvsiz yer – jonsiz jasad” deya bot-bot takrorlashadi. Bundan shuni anglash mumkinki, yerdagi butun organizm suv bilan to‘yinib oziqlanadi.

    Ma’lumotlarga qaraganda, inson orga­nizmining taxminan 70 foizi suvdan iborat. Tananing 10 foiz suvsizlanishi jismoniy va ruhiy layoqatsizlikka olib keladi. Ayniqsa, yozning jazirama kunlarida suvning inson organizmi uchun

    ...
  • G‘olib bo‘lamiz

    Biz  bu yil 8-sinfni   a’lo baholarga tugat­dik. Yaxshi kayfiyatda boshlangan ta’til kunlarimiz   nihoyatda mazmunli  va maroqli o‘tmoqda. Nega desangiz,  kelajakda zarur bo‘lgan hunarlarni o‘zlashtirishga  erishdik. Dadam oyimlar uchun tikuvchilik sexi ochib berganlar. U yerda shifokorlarga  xalat tikiladi. Opa-singil ikkimiz bo‘sh vaqtimizda

    ...
  • “Gulxan”da xanda

    Tishingiz chiqmaganmi?

    – Buvi, menga pista chaqib bering, – dedi bog‘chadan kelgan Gulsara.

    – Ey, bolajonim, tishim bo‘lsa nonni suvga ivitib yermidim. Bizlarda tish qayda, – boshini sarak-sarak qildi buvisi.– Hm-m, haliyam tishingiz chiqma­gan­mi? – ajablandi Gulsara.

     ***

    Yulduz va kunduz

     Gulsara

    ...
  • Eshqobil Shukur

    O‘zbekiston  Respublikasida xizmat ko‘rsatgan  ma­daniyat xodimi Eshqobil  Shukur 1962-yil 20-iyulda Surxondaryo  viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Boymoqli  qishlog‘ida  tug‘ilgan.O‘rta maktabni  tugatgach  Toshkent Davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy  universiteti)  filologiya  fakultetida  tahsil 

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.