Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Va’da

Olis qishloq so‘lim go‘shada,

Barpo bo‘ldi kattakon maktab.

Keling do‘stlar yig‘ilsin barcha,

Yoshlar bilan bayram nishonlab.

 

Bunga sabab Eshpo‘lat bobom,

Quruvchi-yu muhandis akam.

Barchasining boshida turgan,

Yurtboshimiz – Prezident bobom.

 

Minnatdormiz barcha bolalar,

Qolaversa, muallimlar ham.

Ta’zimdamiz doimo bizlar,

Mingga kiring siz ulug‘ bobom.

 

Biz oqlaymiz ishonchingizni,

Bor iqtidor kuchimiz bilan.

Sarflagaymiz bilimimizni,

Yurtim uchun shijoat bilan.

 

Shirina Ibragimova,

 Surxondaryo viloyati Sherobod tumani 13-maktab 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.