Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qishlog‘im

Ariqlarda jimirlaydi suv,

Gullar misli kelinchak suluv.

Novdadagi oppoq g‘unchalar,

Bolarilar shaydo shunchalar.

Tong saharda ochilsa gullar,

Shudring taqib qo‘yar sirg‘alar.

Qurilmoqda ko‘rkam binolar,

Maktab, bog‘cha va xiyobonlar.

Chor atrofi yashnagan chaman –

Men tug‘ilgan qishloq shu Vatan.

                  

Gulsanam Mamirova,

Zomin tumanidagi 1-IDUM

9-sinf o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.